Gaz-dizel, gaz-suyuqlikli dvigatel — dizelsimon gaz dvigateli. Unda gaz-havo aralashmasi dvigatel silindrida yuz beradigan siqish jarayoni oxirida silindrga purkaladigan ozgina suyuq yonilgʻidan alangalanadi. Asosan gaz haydash qurilmalarida qoʻllanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Mexanika Turkum:Dvigatellar