Viktoriya (, ) — Seyshel Orollari davlatining yagona shahri va porti, 1976-yildan poytaxti. Mae orolining shimoli-sharqiy sohilida joylashgan. Viktoriyada orol aholisining 1⁄3 qismi istiqomat qiladi.
Etimologiya
1841-yildan boshlab shahar Buyuk Britaniya qirolichasi sharafiga Port-Viktoriya, 1960-yildan esa Viktoriya nomi bilan nomlangan.
Tarixi
1756-yilda arxipelag fransuz qirolining mulki deb eʼlon qilinadi va Lyudovik XV ning moliya vaziri boʻlib ishlovchi Jan Moro de Seshell sharafiga nomlanadi. Seyshel orollarining fransuzlar tomonidan mustamlaka qilinishi 1772-yilda boshlanadi va 1778-yilda hozirgi Viktoriya shahri oʻrnida Port-Royal aholi punkti barpo etiladi. 1810-yilda Buyuk Britaniya Parij shartnomasiga koʻra Seyshel orollari ustidan nazorat oʻrnatadi. 1841-yilda inglizlar Qirolicha Viktoriya sharafiga Port Royal nomini Viktoriyaga oʻzgartiradilar.
Jugʻrofiyasi
Shahar Hind okeani qirgʻogʻidagi Seyshel orollarining eng kattasi boʻlmish Mae orolining shimoliy-sharqida joylashgan. Mamlakatdagi sezilarli aholiga ega boʻlgan yagona shahar hisoblanadi va unda Mae oroli umumiy aholisining taxminan uchdan bir qismi yashaydi. va Seyshel orollari arxipelagining yagona porti ham aynan shu yerda joylashgan. Viktoriya yaqinida Sent-Anna milliy dengiz parki joylashgan.
Iqlimi
Aholisi
Aholisi 30 ming kishi chamasida.
Transport
Xalqaro aeroport bor. Hind okeani sohilidagi port. V. orqali chetga kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), dolchin va vanil chiqariladi. V. Afrika bilan Hindiston orasida qatnaydigan kemalarni yoqilgʻi bilan taʼminlaydigan baza.
Sanoat
Oziq-ovqat, mebel, radioelektronika, tamaki sanoati, baliq mahsulotlari qayta ishlanadigan korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Turizm’ markazi.
Yana qarang
Bagam orollari
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Seyshell orollari