Ventspils () — Latviyadagi shahar (1378 yildan). Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan dengiz porti. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 50,6 ming kishi (1999). Baliq va yogʻochsozlik sanoatining yirik markazi. Mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik fabrikasi, ventilyator zavodi, dengizdan baliq ovlash tarixi muzeyi bor. Orden qasri (1290 y. qurib bitkazilgan) saqlangan. V. 1242 yildan maʼlum.
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Latviya shaharlari