Otto Heinrich Warburg (1883-yil, 10-avgust—1970-yil, 8-yanvar) — nemis biokimyogari va fiziologi. London qirollik jamiyati aʼzosi. Berlindagi Hujayra fiziologiyasi instituti direktori (1930-yildan). Otto Heinrich Warburgning asosiy ishlari tirik hujayrada sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar taʼsirida hujayraning nafas olishini oʻrganishga bagʻishlangan. Bundan tashqari, Warburg Flavin moddasini ham kashf etgan (1932), flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinukleotidning (NAD) tuzilishini ham aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1883-yilda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda vafot etganlar Turkum:8-oktabrda tugʻilganlar Turkum:1-avgustda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari