Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namangan, – 2025-yil 30-oktabr, Toshkent) – Sovet va O'zbek teatr - kino aktyori, dublyaj ustasi. SSSR xalq artisti (1991). O‘zbekiston SSR xalq artisti (1974). Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan oʻz ijod yoʻlini belgilab oldi.
Ahmedov ijodi ijtimoiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini toʻgʻri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar toʻlqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.
Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), Toʻlagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „Toʻmaris“), Alisher Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.
Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yoʻllar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji ("Oʻtgan kunlar") kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulugʻbek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (Oʻ. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov oʻziga xos talqin etdi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Yoqub Ahmedov shuningdek dublyaj ustasi sifatida 1200dan ortiq filmlar dublyajida ishtirok etgan.
1993- yildan 2012- yilgacha Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori.
2013-yildan umrining oxrigacha O'zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi lavozimlarida xizmat qilgan. Yoqub Ahmedov uzoq davom etgan oxir hastalikdan so'ng 2025- yilning 30-oktabrida Toshkent shahrida 87 yoshida vafot etdi.
Oilasi Yoqub Ahmedov aktrisa Klara Jalilova bilan turmush quradi va bir necha yildan soʻng ular ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor.
qizi Sitora Ahmedova 1992-yilda tavallud topgan – aktrisa va qoʻshiqchi. Faqat gʻalaba, Qaydasan, muhabbat, Ayriliq 2, Oʻzi uylanmagan sovchi filmilarida suratga tushgan. Fayoz guruhining „Mani tanla“ klipida suratga tushgan. qizi Nodira Abdullayeva (Ahmedova) – maktabda dars beradi va „Aslzoda“ kelin koʻylaklari saloni rahbari boʻlib ishlaydi. 2002-yilda Rixsitulla A.ga turmushga chiqqan. nabirasi: Tojirahmon Abdullayev, Aslzoda va Mohizoda. kuyovi Rihsitulla Abdullayev 1978-yil 5-aprelda Toshkentda tavallud topgan – oʻzbek kino va teatr aktyori. birinchi turmush oʻrtogʻi – aktrisa Jalilova Klara Alimadatovna. Ahmedov Furqat Yoqubovich oʻgʻli.
Vafoti Yoqub Ahmedov 2025-yil 30-oktyabrda vafot etdi.
Filmografiya Film Yil Film nomi Rol 1958 "Maftuningman" 1977 "Shum bola (film)" 1989 "Tangalik bolalar" 1991 "Au! Ograblenie poezda" 1997 "Oʻtgan kunlar (film)" 2003 "Taqdir" 2004 "Qalblar toʻlqini" Yoʻldoshev 2009 "Qasd" 2010 "Tahdid" 2014 "Koʻrgim keladi" 2014 "Xonadon egasi" meditsina professori 2016 "Baron" Izzatning otasi 2016 "Baron 2" Izzatning otasi
Serial Yil Film nomi Rol 1998-2003 "Shaytanat" Xolid domla 1998 Charxpalak Fatxulla 2000 "Sardor" General 2006 "Maftuna" 2006 "Qaytar dunyo" Zargar 2010 "Hayot jilgʻalari" 2011 "Fidoiylar" Yoqub Azizov 2015,2017 "Mehmonxona"
Manbalar
Turkum:Sovet erkak aktyorlari Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Dublyaj ustalari Turkum:Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari