Achchiq-chuchuk — pomidor va piyozdan mavsumiy tayyorlanadigan salat. Piyoz mayda toʻgʻralib, sovuq suvda yuviladi, uning ustiga yupqa qilib pishgan pomidor, koʻk qalampir toʻgʻraladi, tuz sepib aralashtiriladi. Achchiq-chuchuk tayyorlashda 500 g pomidorga 1 — 2 bosh piyoz va taʼbga koʻra tuz, qalampir kerak boʻladi. Bunday salat Fargʻona vodiysida shakarob nomi bilan mashhur. Unga yupqa va mayda toʻgʻralgan bodring ham qoʻshiladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Salatlar