Afsonak (Thermopsis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Asosan Osiyo va Shimoliy Amerikada oʻsadi. Koʻpchiligi zaharli. Baʼzi turlari ekinlar orasida oʻsadi. Oʻrta Osiyoda bu turkumning 3 turi boʻlib, Oʻzbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alterniflora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil toʻpgulga yigʻilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon choʻziq, bir oz bukilgan, tukdor. Urugʻlari jigarrang, baʼzan koʻkimtir. Yozda gullaydi. Afsonakning baʼzi turlaridan tibbiyotda balgʻam koʻchiruvchi va nafas markazini qoʻzgʻatuvchi dori sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Dorivor oʻsimliklar