Artrologiya (yun. arthron — boʻgʻim va logia — taʼlimot) — Odam organizmidagi boʻgʻim va uning kasalliklarini oʻrganadigan fan. Ichki ka-salliklarning bir boʻlimi. Boʻgʻimlar fiziologiyasi, patologiyasi toʻgʻrisidagi bilimlar rivojlanishi tufayli artrologiya alohida fan sifatida ichki kasalliklardan ajralib chiqdi. U boʻgʻim kasalliklarining kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik koʻrinishini oʻrganadi hamda ularni davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Tibbiyot Turkum:Anatomiya Turkum:Artrologiya Turkum:Odam anatomiyasi