Anemoxoriya (yun. anemos — shamol va choreo — tarqalayapman) — oʻsimlik mevalari, sporalari va urugʻlarining shamol vositasida tarqalishi. Bunday organlarning shamol taʼsirida uchishiga xizmat qiladigan popuk, qanotcha kabi maxsus oʻsimtalari boʻladi (mas, zarang va qoqi oʻsimliklarida).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil