Andijon davlat tibbiyot instituti – Andijon shahrida joylashgan viloyatdagi eng katta institutlardan biri hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufida shifokor kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Institut 1955-yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda institutda oʻn mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Institut tarixi Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. Oʻsha davr uchun juda zarur va tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Fargʻona vodiysida yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlgani uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyotchilari uchun oliy dargoh boʻlgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy insonlar, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida eʼtirof etilmoqda. Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya va farmatsiya fakultetlari hamda davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi va farmatsiya yoʻnalishlarida bakalavriyat hamda 29 ta mutahassislik yoʻnalishi boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyilgan.
Rahbariyati Rektor: Madazimov Madamin Moʻminovichhttps://adti.uz/rektorat.html Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Mamasoliyev Zoxidjon Neʼmatovich Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor: Salaxidinov Sarvarjon Zaynabidinovich Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor: Tibbiyot fanlari doktori Salaxidinov Kamoliddin Zuxriddinovich Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor: Mamajonov Zafar Abdujalilovich Axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor: Johongirov Jovohirmirzo Akbarmirzo oʻgʻli Reja-moliya boʻlimi boshligʻi Kamoldinov Davronbek Ikromjon oʻgʻli
Oʻquv ishlari Institutda 61 ta kafedra mavjud boʻlib, ularning umumiy shtatida 865 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 50 nafari fan doktori, 210 nafari fan nomzodi. Institut boʻyicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi.
Institutda 5 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya, farmatsiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 8 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, sanoat farmatsiyasi, xalq tabobati, tibbiy profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi va farmatsiya yoʻnalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida oʻquv jarayoni tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ 2909 sonli qaroriga asosan 2019-2020 oʻquv yilidan magistraturaga 2 ta yangi mutaxassislik yoʻnalishlari tashkil etildi:
5A 510102 Endokrinologiya, 5 A 510126 Farmakologiya.
Xorijiy yoʻnalish va qoʻshma dasturlar 2024/2025 oʻquv yilida davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha 500 nafar Xorijiy fuqarolar (Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya) ni qabul qilish rejalashtirilgan. Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan stomatologiya yoʻnalishiga 51 nafar talaba qabul qilindi. Rossiya Federatsiyasining N. N. Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan ADTI klinikasi qoshida qoʻshma oʻquv-amaliy metodik markaz tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda institutda 774 nafar xorijiy fuqarolar taxsil olmoqda. Ular Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Afgʻoniston, Janubiy Koreya va Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari xisoblanadi. 2019/2020 oʻquv yiliga institutda mavjud 7 ta taʼlim yoʻnalishlari (davolash, pediatriya, stomatologiya, kasb taʼlimi, oliy hamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya) boʻyicha namunaviy oʻquv reja asosida oʻquv jadvali hamda ishchi oʻquv rejalar ishlab chiqilgan va institut markaziy uslubiy xay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan. Institutdagi mavjud 61 ta kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan barcha taʼlim yoʻnalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda 521 ta ishchi oʻquv fan dasturlari hamda oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan hamda fakultetlar kengashi, institut markaziy uslubiy hay’atida koʻrib chiqilib tasdiqlangan.
Fakultetlari Davolash fakultetihttps://adti.uz/fakultetlar.html Pediatriya fakulteti Stomatologiya fakulteti Farmatsiya fakulteti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti
Kafedralari
Normal fiziologiya Ichki kasalliklar propedevtikasi Davolash fakulteti uchun bolalar kasalliklari propedevtikasi Fakultet terapiya Gospital terapiya va endokrinologiya Oilaviy shifokorlar tayyorlash Ichki kasalaliklar Umumiy jarrohlik va trasplantologiya Jarrohlik kasalliklari Davolash fakulteti uchun pediatriya 2-akusherlik va ginekologiya Travmotologiya, ortopediya va neyrojarrohlik Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi bilan Anesteziologiya- reanimatologiya va tez tibbiy yordam Pediatriya kafedrasi Anatomiya va klinik anatomiya Ijtimoiy gigena va SSB Preventiv tibbiyot asoslari Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya Pediatriya fakulteti uchun ichki kasalliklar propedevikasi Fakultetpediatriya va neonatologiya Gospital pediatriya Dermatovenerologiya Bolalar jarrohligi 1-Akusher va ginekologiya Bolalar travmatologiyasi, ortopediyasi va neyrojarrohlik Oftalmologiya Yuqumli kasalliklar Jarrohlik kasalliklari va fuqarolar muxofazasi Xorijiy tillar Patologik fiziologiya Patologik anatomiya va sud tibbiyoti Bolalar stomatologiyasi
Propedevtik stomatologiya Terapevtik stomatologiya Ortopedik stomatologiya va ortodontiya Jarrohlik stomatologiya Reabilitologiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya Otorinolaringologiya Nevrologiya Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya 1-fakultet va gospital jarrohlik Onkologiya Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar Ijtimoiy – gumanitar fanlar Biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar Biologik kimyo Tibbiy kimyo Tibbiy biologiya va gistologiya 1-Farmasevtik fanlar 2- Farmasevtik fanlar Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar 2- Fakultet gospital jarrohlik Urologiya Tibbiy radiologiya Tibbiy profilaktika Ichki kasalliklar, kardiologiya, tez tibbiy yordam va xalq tabobati Pediatriya, ftiziatriya, yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya Neonatologiya, endokrinologiya, nevrologiya va psixiatriya Akusherlik-ginekologiya va onkologiya Umumiy xirurgiya, anestiziologiya-reanimatologiya va oftalmologiya Endoxirurgiya, endourologiya va stomatologiya Oilaviy shifokorlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligi Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika, sanitariya-gigiena, epidemiologiya Travmotologiya-ortopediya, neyroxirurgiya, otorinolaringologiya va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya
Bakalavr yoʻnalishlari #ShifriTaʼlim yoʻnalishi nomi160910200Davolash ishi260910300Pediatriya ishi 360910100Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha)460910700Farmatsiya (turlari boʻyicha)560910800Sanoat farmatsiyasi (turlari boʻyicha)660910400Tibbiy profilaktika ishi760911100Xalq tabobati860911200Oliy hamshiralik ishi
Magistratura yoʻnalishlari 1. 70910101Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha)2. 70910201Akusherlik va ginekologiya3. 70910202Endokrinologiya4. 70910203Terapiya (yoʻnalishlar boʻyicha)5. 70910204Otorinolaringologiya6. 70910205Kardiologiya7. 70910206Oftalmologiya8. 70910207Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)9. 70910208Dermatovenerologiya10. 70910209Nevrologiya11. 70910210Umumiy onkologiya12. 70910211Psixiatriya13. 70910212Xirurgiya (yoʻnalishlar boʻyicha)14. 70910213Tashxisning instrumental va funksional usullari (yoʻnalishlar boʻyicha)15. 70910214Neyroxirurgiya16. 70910215Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash (yoʻnalishlar boʻyicha)17. 70910217Urologiya18. 70910218Morfologiya (odam anatomiyasi, gistologiya, sitologiya va embriologiya)19. 70910220Anesteziologiya va reanimatologiya20. 70910221Travmatologiya va ortopediya21. 70910222Sud-tibbiyot ekspertizasi22. 70910227Tibbiy radiologiya23. 70910228Ftiziatriya24. 70910301Pediatriya (yoʻnalishlar boʻyicha)25. 70910302Bolalar xirurgiyasi26. 70910303Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi27. 70910304Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi28. 70910305Bolalar nevrologiyasi29. 70910306Neonatologiya30. 70910401Gigiyena (yoʻnalishlar boʻyicha)31. 70910402Atrof-muhit va inson salomatligi32. 70910601Laboratoriya ishi33. 70910701Farmasevtik kimyo va farmakognoziya
Institut rektorlari 1955—1963-yillar: Usmon Alimovich Alimov 1963—1981-yillar: Yusuf Otabekovich Otabekov 1981—1988-yillar: Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov 1988—1997-yillar: Satqul Usmanovich Djumabayev 1997—2010-yillar: Mamazoir Ahmedovich Xoʻjamberdiyev 2010—2014-yillar: Alisher Qayumovich Shodmanov 2014—2015-yillar: Ibroxim Inamovich Alimdjanov 2015—2017-yillar: Abdushukur Abdujamilevich Sadikov 2017-yildan hozirga qadar: Madamin Moʻminovich Madazimov
Institutning mashhur talabalari Akademiklar Feruz Gʻofurovich Nazirov Rinat Sulaymonovich Akchurin Viktor Vasilevich Maleyev
Sogʻliqni saqlash vazirlari va vazir oʻrinbosarlari Feruz Gʻofurovich Nazirov Alisher Qayumovich Shodmanov Mirhakim Javharovich Azizov Svetlana Tursunxoʻjayevna Inomova
Oʻzbekiston Qahramoni|Oʻzbekiston Qahramonlari Ayshaxon Qoʻchqorova Onesiya Saitova
Hamkorlari Institut dunyoning 70 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 2023-yilning oʻzida institut rahbariyati tomonidan 15 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Rossiya Federatsiyasining 22 ta oliy taʼlim muassasalari va tibbiy markazlari bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Institutda hamkorlik shartnomalar doirasida OTM Kengashlar zalida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion taʼlim oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2023-2024 oʻquv yilida nufuzli xorijiy OTMlari (Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N. N. Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarrohlik markazi, N. N. Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa) professor-oʻqituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion maʼruza, master klasslar oʻtkazilgan.
Elektron resurslari barcha fanlar boʻyicha elektron video va audiomaʼruzalar – 536 ta; klinik fanlardan elektron farmakologik bloknot- 236 ta; fanlar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni bexato bajarish boʻyicha Autokurslar.
ARMda professor-oʻqituvchilar va talabalarni darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquv, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan tanishishlari, mutolaa qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ARM qoshida mini tipografiya faoliyat olib bormoqda. Axborot texnologiyalari markazi qoshida tashkil etilgan MEDIA MARKAZ institut talaba, magistr va ordinatorlari uchun AUDIO, VIDEO maʼruzalar, VIDEO DARSLARni taqdim etib kelmoqda. Media markaz bazasi institutning yetakchi professor oʻqituvchilari tomonidan boyitib kelinmoqda. ATMning kompyuter zalida institutning professor oʻqituvchilari, talaba, magistrlar, ordinatorlar va ilmiy izlanuvchilar uchun 60 dona kompyuterlar xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari institut statik adresi orqali dunyoni eng nufuzli maʼlumotlar bazasi xisoblangan WEB OF SCIENCE, SCOPUS kabi veb saytlar bilan aloqalar oʻrnatilgan.