Aksiyalarning nazorat paketi – aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hukmronlikni taʼminlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aksiyador jamiyatning yigʻilishida hal qiluvchi ovozga ega boʻlish huquqini beradi (bunda jami aksiyador kapitalning 51% ga emas, balki 20-30%, baʼzan undan ham kamroq hissaga ega bulishi kifoya). Aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aksiyador jamiyatning xoʻjayini boʻlish, uning qolgan aʼzolari kapitalini boshqarish imkoniyatini beradiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar