Miftaxetdin Kamaletdinovich Akmulla (, , , 1831.14.12 Ufa gubernyasi, Tusanbay qishlogʻi — 1895.21.10) — boshqird maʼrifatparvar shoiri; tatar va qozoq adabiyoti namoyandasi. Turkiy tilda, jumladan, qozoq tilida sheʼrlar ijod qilgan. Sheʼrlarida oddiy insonni madh etadi, xalqni bilim olish va hunar oʻrganishga chaqiradi, adolat hamda oqillikni ulugʻlaydi. 1904-yilda alohida sheʼriy toʻplami nashr etilgan. Shoir nomi („Akmulla“) bilan 1911-16 yillarda hajviy jurnal nashr etilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1831-yilda tugʻilganlar Turkum:1895-yilda vafot etganlar