Avgit (yunoncha: auge – yaltiroq) – silikatlarning zanjirsimon tizilgan kichik sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Sinishi chigʻanoqsimon. Qattiqligi 5–6. 3,2–3,6. Rangi yashil va kulrangdan qoragacha. Koʻpincha asosli va ultra asosli togʻ jinslarining tarkibiy qismi.
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Minerallar Turkum:Javohirlar