Taʼrifi Balandlik oʻlchagich, altimetr – uchish apparati (mas, samolyot) ning qancha balandlikda uchayotganini koʻrsatadigan asbob. Barometrli va radio Balandlik oʻlchagichlar yuqoriga koʻtarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar oraligʻi bir-biriga teng. Balandlik oʻlchagich 20 ming m va undan balandliklarni oʻlchaydi. Balandlik oʻlchagich bir milli yoki ikki milli boʻlishi mumkin; ikki milli balandlik oʻlchagichda millarning biri yuz metrlarni, ikkinchisi ming metrlarnn koʻrsatadi. Bir milli Balandlik oʻlchagich oʻlchash aniqligi ±50 dan ±100 m gacha, ikki milliniki ±5 dan ±10 m gacha. Radio Balandlik oʻlchagich uchish balandligini 1 m gacha aniqlikda oʻlchashga imkon beradi1. „“ OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Muxammad Olim H. U. Aviatsiya asboblari va uchish-navigatsiya uskunalari. TDTrU: – Toshkent, 2022. 92 b..

Tuzilishi Barcha barometrik balandlik oʻlchagichlar (altimetrlar) deyarli bir xil tuzilishga ega. Lekin samolyot turiga qaram tashqi koʻrinishi har xil boʻlgan variantlari qoʻllanishi mumkin. alt=Altimetning ichki tuzilishi|thumb|775x775px|Altimetning ichki tuzilishi

Avvalgi samolyotlarda qoʻllangan ilk altimetrlar anchagina noqulay boʻlgan. Ularning koʻrinishi avtomobil spidometriga oʻxshagan boʻlib, bitta strelkali boʻlgan va 0 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan qiymatlarni koʻrsatgan. Mazkur strelka ostida esa xuddi avtomobilning odometriga oʻxshagan raqamli darcha boʻlib, faqta u bosib oʻtilgan masofani emas, balki balandlikning minglarga teng qiymatini koʻrsatgan. Yaʼni, uchuvchi strelkaga qarab oʻn va yuz metrlarni aniqlasa, raqamli darchaga qarab esa ming metrlarni aniqlagan.

Manbalar