Aravon - () — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Aravon tumaniga qarashli qishloq. Tumaning mamuriy markazi. Qad. qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Aravonsoy quyi oqimining har ikkala sohilida, togʻlar orasida joylashgan. Oʻsh sh.dan 25 km gʻarbda, Oʻzbekistonning Marhamat sh.dan 14 km narida. Aholisi 2,5 ming kishi (1977), aksari qismi oʻzbeklar; shuning-dek qirgʻiz, rus, ukrain, turk, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish (dehqonchilik, bogʻdorchilik va chorva-chilik) bilan shugʻullanadi. A.da tuman hokimiyati binosi, pochta, univermag, 4 ta maktab, choyxonalar, klub va b. bor. A. atrofida dam olish maskanlari bar-po qilingan. A.da akademik H. M.Abdullayev tugʻilgan. U oʻqigan maktab qoshida olim xotirasiga muzey tashkil etilgan, byusti oʻrnatilgan, qishloqning eng katta koʻchasi H. M. Abdullayev nomiga qoʻyilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Iqtisodiyoti Qishloq aholisi engil sano'at bilan va chorvachilik qishloq hojaligi bilan ishlaydi.

Aholisi Aholisining 8 948. 90 % oʻzbeklar, 99 % ga yaqini musulmonlar.

Taniqli shaxislar Habib Abdullayev

Manbalar

Havolalar

pl:Arawan