Otbosar tumani — Akmola viloyatining gaʼrbiy qismida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Maydoni 11,8 ming km². Aholisi 49,9 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 6,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Otbosar shahri. Tuman hududi orqali Qartali — Orqaliq — Astana temir yoʻli va Astana — Almati avtomabil yoʻllari oʻtadiQozoq ensiklopediyasi.
Aholisi Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 49,9 ming kishi. Otbosar shahrining oʻzida 28 ming kishi istiqomat qilishadi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 19 915 kishi (38,16 %) qozoqlar — 17 689 kishi (33,89 %) ukrainlar — 5 494 kishi (10,53 %) olmonlar — 3 071 kishi (5,88 %) beloruslar — 1 193 kishi (2,29 %) tatarlar — 1 161 kishi (2,22 %) chechenlar — 968 kishi (1,85 %) ingushlar — 591 kishi (1,13 %) ozarbayjonlar — 302 kishi (0,58 %) boshqirdlar — 286 kishi (0,55 %) polyaklar — 197 kishi (0,38 %) udmurtlar — 187 kishi (0,36 %) moldavanlar — 177 kishi (0,34 %) mariylar — 158 kishi (0,30 %) armanlar — 144 kishi (0,28 %) boshqalari — 661 kishi (1,27 %) Umumiy — 52 194 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi uzoq va sovuq boʻladi, yozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 18 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori shimoliy qismida 300 – 400 mm, janubiy qismida 250 – 300 mm.
Katta qishloqlari Abay qishlogʻi Borisov qishlogʻi Yesengeldi qishlogʻi
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti Atbasarsi v regionalnoy sotsialnoy seti Atbasarskiy rayon — sifri i fakti
Turkum:Qozogʻiston tumanlari