Oqkoʻl tumani — Akmola viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1930-yili tashkil qopgan. 1997-yilgacha Alekseev tumani deb nomlanib keldi. Hududi 6,9 ming km2. Aholisi 27,5 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Oqkoʻl shahri.
Aholisi Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil): qozoqlar — 11 756 kishi (39,92 %) ruslar — 11 486 kishi (39,01 %) ukrainlar — 1 789 kishi (6,08 %) olmonlar — 1 735 kishi (5,89 %) tatarlar — 687 kishi (2,33 %) beloruslar — 455 kishi (1,55 %) polyaklar — 439 kishi (1,49 %) ingushlar — 180 kishi (0,62 %) ozarbayjonlar — 110 kishi (0,37 %) boshqirdlar — 84 kishi (0,29 %) moldavanlar — 81 kishi (0,28 %) koreyslar — 79 kishi (0,27 %) boshqalari — 566 kishi (1,92 %) Umumiy — 29 447 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 170-18 °C, iyulniki 19-20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350–400 mm.
Qishloqlari Enbek qishlogʻi Boʻgembay qishlogʻi Oqbuloq qishlogʻi
Ijtimoiy soha Oqkoʻl tumanida kasbiy-texnik uchilish, 34 ta maktab, bola bogʻchalari, madaniyat uylari, klublar, kutubxonalar, tibbiyot mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Tumandan Znamya Rodini gazetasi chiqariladi. Tuman, viloyat markazi — Koʻkshetov va boshqa qishloqlar bilan temir va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlanadiQozoq Ensiklopediyasi.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari