Tobyl — Qoʻstanoy viloyati Qoʻstanoy tumanidagi qishloq, tuman markazi. Viloyat markazi — Qoʻstanoy shahridan sharqqa tomon 5 km masofada, Toʻbil daryosining oʻng yoqasida oʻrmonli hududda joylashgan. Aholisi 23,580 kishi (2012). Poydevori 1863-yili qurilgan.

Iqtisodiy va ijtimoiy soha Tobylda maxsus mashina ishlab chiqarish zavodi, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxona, mashina-traktor taʼmirlash ustaxonasi, Toʻbil oʻrmon xoʻjalik korxonasi, pivo zavodi, navvoyxona, v.b. korxonalar, shirkatlar va MChB faoliyat yuritmoqda. Qishloqda tuman kasalxonasi, shifoxona, 3 ta oʻrta, 1 sakkiz yillik maktab, madaniyat uyi, klub, stadion, v.h. tibbiyot mahkamalar faoliyat yuritmoqda. Tobyl orqili Qoʻstanoy — Mendiqara — Petropavlovsk avtomobil yoʻli oʻtadi."Qozoq Ensiklopediyasi",4 tom 3 boʻlim

Aholisi 1999-yili qishloq aholisi 20,117 kishini, (9,637 nafari erkaklar va 10,480 nafari ayollar) 2009-yilda esa qishloq aholisi 22,908 kishini tashkil qildi (10,826 nafari erkaklar va 12,082 nafari ayollar). Tibbiyot Markaziy tuman kasalxonasi

Taʼlim Nurjan Nayshabaev nomli maktab Ostrovskiy nomli № 1 maktab Tobyl № 2 oʻrta maktab Tobyl maktab-gimnaziya Tobyl xoʻjalik kolledji Tobyl musiqa maktabi

Sport va madaniyat BYSM (bolalar-yoshlar sport maktabi) „Oltin don“ madaniyat uyi „Tobyl“ stadioni

Ibodatxonalar Manday botir masjidi Pravoslavik xram

Transport Qishloq chetida yirik xalqaro va shahararo avtomabil yoʻllari oʻtgan. AH7 Osiyo marshruti (Yekaterinburg-Karachi). Qoʻstanoy shahri bilan „Qoʻstanoy-Tobyl“ avto yoʻli orqali bogʻlanadi.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston qishloqlari