Yesil tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi hududda joylashgan. Yesil tumani 1997-yilning 17-aprelgacha Lenin, undan keyin Moskva nomlari bilan ataldi. Viloyat markazidan 74 km uzoqlikda joylashgan. Maydoni 5,14 ming km2. Aholisi 33 054 kishi (2010). Tuman markazi — Yavlenka qishlogʻi.

Aholisi Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi statistika boʻyicha 33 054 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining zichligi 6,4 kishi/km².

Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 15 993 kishi (48,38 %) qozoqlar — 14 252 kishi (43,12 %) ukrainlar — 922 kishi (2,79 %) olmonlar — 843 kishi (2,55 %) tatarlar — 205 kishi (0,62 %) beloruslar — 164 kishi (0,50 %) polyaklar — 136 kishi (0,41 %) chuvashlar — 90 kishi armanlar — 55 kishi boshqalar — 394 kishi (1,19 %) Umumiy — 33 054 kishi (100,00 %)

Iqlimi Iqlimi keskin kontinentli: yanvarda oʻrtacha harorat −19 °C, iyulda 20 °C. yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Yer havzasi suvlarini, tuman hududining janubi-gʻarbidan oqib oʻtuvchi Yesil daryosining oʻrta qismi va oz miqdordagi koʻllar tashkil qiladi. Katta koʻllari: Yesilning soʻng tomonidagi Alba, Kindikti, Qamisti, oʻng tarafidagi Jaltirkoʻl, Tarankoʻl, Sarikoʻl, Jilandi, Baliqti.

Aholi punktlari Katta qishloqlari: Yavlenka, Amangeldi, Petrovka, Nikolaevka, Pokrovka, Ilinka, Besqudiq, Bulaq, v.h.

Qishloq xoʻjaligi Yesil tumani asosan, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yer maydoni 454,9 ming ga.ni tashkil qiladi. Ekinzorining 70 %-ga yaqinini bashoqli oʻsimliklar tashkil qiladi. Chorvachiligida asosan sigir, yilqi, qoʻy va choʻchqa boqaladi. Tumanda 2 moy zavodi, non kombinati faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy soha Tumanda 1 kasbiy-texnik maktab, 1 qishloq xoʻjalik kolledji, 54 oʻrta maktab, 56 shifokorlik punkt, 3 kasalxona, 10 shifokorlik ambulatoriya, 43 feldsher-akusherlik punkt faoliyat yuritmoqda.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari