Iakov () – isroilliklarning uchta tarixiy otalaridan biriEsau and Jacob and the Birthright. Ibrohimning nabirasi va Is'hoqning oʻgʻli Isroil(Ya'qub), ayniqsa, yahudiylikda yuqori maʼnaviy maqomga ega. Xristianlikda diniy yetakchi sifatida, Islomda esa paygʻambar sifatida qaraladiHz. İbrâhim’in torunu ve İsrâiloğulları’nın atası olan peygamber..

Ismning kelib chiqishi Iakov ismi Besh kitobda aqōv (tovon; oyoq izi) soʻzining hosilasi sifatida talqin qilinadi, chunki Iakov onasining qornidan, ukasi Esovning tovonidan ushlab tugʻildi, shuning uchun uning ismini yoqub qoʻydilar (Ibtido 25:26) (KJV: „and his hand took hold on Esau’s heel“). Strong's Concordance H6119.. Bu ism Yaqin Sharqning semitik xalqlari orasida miloddan avvalgi 2-ming yillikda keng tarqalgan teoforik ismning qisqartirilgan shakli ekanligi taxmin qilinadi.

Ibtidodagi tarixi Iakovning hayoti haqida Qadimgi Ahd Ibtido kitobining 25–50-boblarida bayon qilingan.

Tugʻilishi Ishoq Rivqo bilan turmush qurgandan keyin 20 yil oʻtib, Iakov va uning egizak ukasi Esov tugʻiladi. Bu vaqtda Ishoq 60 yoshda ediHebrew-English Bible , . Rivqoga homiladorligi azobli boʻladi va nima uchun azob chekayotganini Xudodan soʻrash uchun boradi. U qornida egizaklar urushayotgani va hatto ular ikki alohida xalq boʻlganidan keyin ham butun umri davomida kurashishda davom etishi haqida bashorat oladi. Shuningdek, bashoratda aytilishicha, „Biri ikkinchisidan kuchliroq boʻladi, Kattasi esa kichiklarga xizmat qiladi“ (Ibtido 25:25).

Rivqoning tugʻish vaqti kelganida, toʻngʻich oʻgli Esov qizil tukli, xuddi tukli kiyim kiygandek tugʻildi va ikkinchi oʻgʻil Iakov Esovning tovonini qoʻli bilan ushlab tugʻildi. Ibtidoning 25-bobida aytilishicha, Ishoq va Rivqo birinchi oʻgʻliga Esov () deb ism qoʻyishganHebrew-English Bible . Ikkinchi oʻgʻliga Iakov (ibroniycha: יעקב, Yaʼaqob yoki Yaʼaqov, „tovonni ushlovchi“, „oʻrnini bosuvchi“, „oyoq tortuvchi“, „birining poshnasiga ergashuvchi“, , aqab: yoki 'aqav, „toʻpigʻidan ushlab oluvchi“, „aylanib oʻtish“, „jilovlash“, , iqqebah yoki iqqbah, „toʻpiq“)Strongʻs Concordance 3290, 6117..

Egizaklar ulgʻayganlarida turli xarakterga ega boʻldilar: „Esov – dala–dashtni yaxshi koʻradigan mohir ovchi, Iakov esa chodirda oʻtirishni yoqtiradigan, beozor odam boʻldiHebrew-English Bible . Bundan tashqari, ota-onalarning ularga boʻlgan munosabati ham boshqacha edi:Ishoq Esovni yaxshi koʻrar edi. Sababi Esov ovlab kelgan hayvonlarning goʻshtini mazza qilib yer edi. Rivqo esa Iakovni yaxshi koʻrar edi“Hebrew-English Bible .

Toʻngʻichlik huquqini olish

Ibtido 25:29–34 da Esov oʻzining toʻngʻichlik huquqini Iakovga sotgani haqida hikoya qilinadiHebrew-English Bible . Bu bobda yozilishicha, Esov daladan ochqaganidan sulayib qaytganida, Iakovdan hozirgina Iakov tayyorlagan taomidan berishini iltimos qilgan. (Esov bu taomni „oʻsha qizil taom“ deb atagan va bu uning taxallusini keltirib chiqargan, yaʼni ('Edom, yaʼni „Qizil“).) Iakov Esovga toʻngʻichlik huquqi evaziga bir kosa taom berishini taklif qildi. Esov bunga rozi boʻldi. Ishoqning duosi Ishoq qariganda, koʻzlari xiralashib, koʻrmay qoladi. U, toʻngʻichlik huquqini Esovning oʻziga berishga qaror qiladi. Ishoq Esovga goʻsht yemoqchi ekanini aytib, buning uchun qurol-yarogʻi bilan dalaga chiqib, ov qilishini iltimos qildi. Keyin Ishoq Esovdan oʻziga yoqqaniga koʻra, ovlangan goʻshtdan „mazali taom“ tayyorlab berishini soʻraydi, shunda u uni yeyishi va Esovga duo qilishini aytadi. Rivqo bu suhbatni eshitadi. Taxminlarga koʻra, u Ishoqning barakalari Iakovga tushishini bashoratli tarzda anglagan, chunki unga egizaklar tugʻilishidan oldin katta oʻgʻil kichigiga xizmat qilishini aytishganScherman, Rabbi Nosson (1993). The Chumash. Brooklyn, New York: Mesorah Publications, p. 135.. Rivqo Iakovni duo qilib, Iakovga tezda ularning suruvlaridan ikkita echki olib kelishni buyurdi, toki u Ishoqqa xizmat qilib Esovning oʻrnini egallab, uning duosini olishi imkoniyati mavjud edi. Iakov otasi ularning aldovini tan olishiga eʼtiroz bildirdi, chunki Esov serjun, oʻzi esa silliq terili edi. U otasi uni his qilishi bilanoq uni laʼnatlashidan qoʻrqdi, lekin Rivqo oʻsha laʼnatni oʻziga olishni taklif qiladi, keyin esa Iakovga itoat qilishni talab qiladiGinzberg, Louis (1909). Legends of the Jews Vol I : Isaac blesses Jacob (Translated by Henrietta Szold) Philadelphia: Jewish Publication Society.. Iakov onasini buyrugʻini bajaradi va u uloqchalar bilan qaytib kelganida, Rivqo Ishoq yaxshi koʻrgan mazali taomni qildi. Iakovni otasining oldiga yuborishdan oldin, u Esovning kiyimlarini kiydirdi va serjun teriga taqlid qilish uchun uning qoʻllari va boʻyniga uloqchaning terisini oʻrab qoʻyadi.

Esov qiyofasida Iakov Ishoqning xonasiga kirdi. Esovning tez qaytib kelganiga hayron boʻlgan Ishoq qanday qilib ov bunchalik tez oʻtganini soʻradi. Iakov: „Egangiz Xudo yoʻlimni oʻngladi“, deb javob berdi. Rashining aytishicha, Ishoqning shubhalari yanada kuchaygan, chunki Esov hech qachon Xudoning nomini tilga olmagan ediHebrew-English Bible . Ishoq Iakovni his qilish uchun unga yaqinlashishni talab qildi, lekin uloq terisi xuddi Esovning serjun terisiga oʻxshardi. Ishoq paypaslab: „Ovoz Iakovning ovozi, qoʻllar esa Esovning qoʻllaridir!“ – dedi.Hebrew-English Bible Hali ham haqiqatni tushunishga urinib, Ishoq undan yana soʻradi: „Sen haqiqatdan mening oʻgʻlim Esovmisan?“ Iakov esa oddiygina javob berdi: „Menman“. Ishoq Iakov bergan taomni yeb, sharob ichishni davom ettirdi, keyin unga yaqinlashib, oʻpishini aytdi. Iakov otasini oʻpganida, Ishoq Esovga tegishli kiyimning hidini sezdi va nihoyat, qarshisidagi odam Esov ekanligini tan oldi. Keyin Ishoq Iakovni Esovga berilgan duo bilan duo qildi. Ibtido 27:28–29 da Ishoqning marhamati haqida shunday deyilgan: „Xudo senga osmon shabnamini, yerning unumdar tuprogʻini, moʻl-koʻl don va sharobni bersin: Xalqlar senga xizmat qilsin, qarindoshlaring ustidan hukmron boʻlgin. Onangning nasli senga taʼzim qilsin: seni laʼnatlagan har bir kishi laʼnatlasin, seni duo qilganlarni barakasini bersin“.

Esov ovdan qaytganida, Iakov xonadan chiqib ketgan edi. Aldanganini anglagan, Ishoq hayratda qoladi, lekin u Iakovning duo qilganini tan oldi: „Albatta, u barakali boʻladi!“ (27:33).

Esovning bu aldovdan yuragi ezilib, oʻziga tegishli duoni soʻradi. Ishoq Iakovni aka-ukalariga hukmdor qilib qoʻygandan soʻng, faqat vaʼda berishi mumkin edi: „Qiliching bilan yashaysan, Biroq ukangga xizmat qilasan, lekin sen isyon qilganingda, U solgan boʻyinturugʻini uloqtirib tashlagaysan“. (27:39–40).

Esov Iakovga oʻzining neʼmati boʻlgan toʻngʻichlik huquqini „qizil taom“ga sotgan boʻlsa-da, Esov Iakovni otasi Ishoq bilmagan holda unga bergan duosini olgani uchun yomon koʻrib qoladi. Ishoq oʻlishi bilanoq Iakovni oʻldirishga vaʼda beradi. Rivqo uning qotillik niyati haqida eshitgach, Esovning gʻazabi toʻxtaguncha Iakovga Xorondagi akasi Lobonning uyiga borishni buyurdi.

Iakovning zinapoyasi

Manbalar

Turkum:Paygʻambarlar