Halit Ergenç (; 1970-yil 30-aprelda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor. Opera va musiqali teatr aktyorligi boʻyicha taʼlim olgan. Aktyorlik faoliyatini Dormen teatrida „Kral ve Ben“ myuzikli bilan boshlagan. „Zerda“ serialidagi Devron va „Aliye“ serialidagi Sinan Karahan rollari bilan tanilgan. Tomoshabinlar rekordini yangilagan „Ming bir kecha“ serialida bosh rolni ijro etgan. „Muhtasham yuz yil“ serialida Qonuniy Sulton Sulaymon va „Vatanım Sensin“ serialida Miralay Cevdet rolini oʻynagan.

Tarjimai holi Halit Ergenç 1970-yil 30-aprelda Istanbulda Yeşilçam davri aktyori Mehmet Sait Ergençning oilasida dunyoga kelgan. Uning ona tomondan buvisi alban millatiga mansub. 1989-yilda Beshiktosh Otaturk litseyida oʻrta taʼlimni tamomlab, Istanbul texnika universitetining Dengiz muhandisligi fakultetiga oʻqishga kirgan. Keyinchalik Meʼmor Sinon nomidagi nafis sanʼatlar universitetining Operetta va musiqali teatr boʻlimini bitirgan. U oʻzini taʼminlash uchun kompyuter operatori va marketolog boʻlib ishlagan. Qisqa muddat Ajda Pekkan va Leman Samning bek-vokalisti va raqqosi sifatida faoliyat yuritgan.

Shaxsiy hayoti U 2009-yildan beri „Ming bir kecha“ serialidagi hamkasbi Bergüzar Korel bilan turmush qurgan boʻlib, ularning Ali (2010-yil fevralda tugʻilgan"Bergüzar Korel anne Faheem Malik baba oldu". CNN Türk. 9 February 2010. Retrieved 28 September 2014.), Xon (2020-yil martda tugʻilgan"Bergüzar Korel ikinci kez anne oldu… İşte bebeğin adı!". Hürriyet. 9 March 2020. Retrieved 9 March 2020.) ismli ikki oʻgʻli va Leyla (2021-yil noyabrda tugʻilgan"Bergüzar Korel anne Faheem Malik baba oldu". CNN Türk. 9 February 2010. Retrieved 28 September 2014.) ismli bir qizi bor. Ismi otasi sharafiga qoʻyilgan ukasi Mehmet Sait Ergenç ham aktyor. Halit Zeki Demirkubuzning uslubi va Ferzan Özpetekning hissiyotlarini yoqtirishini, biroq oʻzi yosh va iqtidorli rejissyorlar deb taʼriflagan Reha Erdem va Çağan Irmak bilan ishlashni afzal koʻrishini aytgan.

2017-yilda Ergenç Pokistonga tashrif buyurib, „Lux Style Awards“ marosimida ishtirok etgan va u yerda mamlakatdagi mashhurligi tufayli „Yilning xalqaro timsoli“ mukofoti bilan taqdirlangan. Ergenç oʻz nutqida Pokistonni „birodar mamlakat“ deb bilib ulgʻayganini taʼkidlagan.

Filmografiya Rollari

Yıl Film Rol Notlar 1996 Tatlı Kaçıklar 1996 Kara Melek Başrol 1997 Böyle mi Olacaktı | | Başrol |- | 1998 | Gurbetçiler|

|rowspan="2"| 2000 | Ölümün El Yazısı|

| Hiç Yoktan Aşk|

| 2001 | Dedem, Gofret ve Ben|

|rowspan="4"| 2002 | Kumsaldaki İzler|

| Zeybek Ateşi|

| Azad|

| Zerda| | Bosh rol |- |rowspan="3"| 2003 | Baba (dizi)Baba|

| Esir Şehrin İnsanları|

| Okul|

| 2004 | Aliya| | Bosh rol |- |rowspan="2"| 2005 | The Net 2.0|

| Babam ve Oğlum|

|rowspan="2"| 2006 | İlk Aşk|

| Binbir Gece| Onur | Başrol |- | 2008 | Devrim Arabaları| | Başrol |- | 2009 | Acı Aşk|

|rowspan="2"| 2010 | Dersimiz Atatürk| Atatürk | Bosh rol |- | Misafir|

|rowspan="2"| 2011- | Muhtasham asr''Sulaymon I Bosh rol

Manbalar

Havolalar

Halit Ergenç: Suleiman the Magnificent, Modern King Shahryār and more

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turk erkak kino aktyorlari