Whitney Elizabeth Houston (; 9-avgust, 1963 — 11-fevral, 2012) amerikalik qoʻshiqchi, aktrisa, produser va model boʻlgan. Guinness Dunyo Rekordlari kitobiga eng koʻp taqdirlangan ayol sifatida kirgan . Uning jami 415 mukofotlari orasida ikkita Emmy, oltita Grammy, 30 ta Billboard Music Awards, 22 ta American Music Awards va boshqa nufuzli mukofotlar bor. Houston shuningdek 170 milliondan ortiq albom va singl sotib, eng muvaffaqiyatli artistlar qatoriga kirgan. Houston jami yettita studiyaviy va uchta soundtrack albomlar chiqargan, ularning hammasi kamida platina yoki oltin sertifikatlari olgan. Uning „Saving All My Love for You“, „How Will I Know“, „Greatest Love of All“, „I Wanna Dance with Somebody (Who Loves Me)“, „Didnʼt We Almost Have It All“, „So Emotional“ va „Where Do Broken Hearts Go“ ashulalari hit-paradlarda birinchi oʻrinlarni egallagan.
Houston shuningdek kinoda ham oʻynagan. Uning eng mashhur filmlaridan biri — Tansoqchi (1992). Filmda ijro etilgan „I Will Always Love You“ ashulasi musiqa tarixida eng koʻp sotilgan singllardan boʻldi. Shuningdek u Waiting to Exhale (1995) va The Preacher's Wife (1996) filmlarida suratga tushgan.
Hayotining soʻnggi yillarida giyohvandlik muammolariga duch kelgan Houston 2012-yil 11-fevralida Beverly Hilton (California) mehmonxonasida vafot etdi.
Diskografiyasi Whitney Houston (1985) Whitney (1987) I'm Your Baby Tonight (1990) My Love Is Your Love (1998) Just Whitney (2002) One Wish: The Holiday Album (2003) I Look to You (2009)
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti Facebook sahifasi
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Afroamerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik rok-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar