Turkiston (, Türkıstan, تۇركىستان) — Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyatining maʼmuriy markazi. Sirdaryoning oʻrta oqimida. Chimkentdan shimoli-gʻarbda, shimolda Qiziloʻrda va janubda Toshkent oʻrtasidagi Toshkent temir yoʻli yoqasida joylashgan. Aholisi oʻn yil ichida 102 505 kishidan (1999-yilgi aholini roʻyxatga olish) 142 899 kishiga (2009-yilgi aholini roʻyxatga olish) koʻpaydi. Hozir aholisi 220 133 kishi. Shaharda 46 millat vakillari yashashadi. Shahar tarkibiga 12 qishloq va 5 mikrarayon kiradi. Turkistonning eng koʻzga koʻringan tarixiy va madaniy boyligi YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasidir. Shaharga Hazrati Sulton xalqaro aeroporti xizmat koʻrsatadi.

2021-yilda Turkiston Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan „Turk dunyosining maʼnaviy poytaxti“ deb eʼlon qilindi. Oʻsha yili Turkiston Qozogʻistonning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari oʻntaligiga kirdi.

Aholisi 1999-yilgacha shahar aholisi oʻzgarishi quyidagicha: 1979-yil — 65,443 1989-yil — 77,692 1999-yil — 85,613 2009-yilgacha shahar aholisi oʻzgarishi quyidagicha: 1999-yil — 102 505 2009-yil — 142 899 Turkiston aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 246,521 kishini tashkil qildi, shulardan shahar aholisi — 62,4 %, qishloq aholisi − 37,6 %Administrativno-territorialnie edinitsi Yujno-Kazaxstanskoy oblasti na 1 yanvarya 2011 goda.

Geografiyasi Turkiston shahri eng yaqin yirik shahar sanaladigan Chimkent shahridan 170 km. uzoqlikda joylashgan. Turkistonga Olmaotadan poezdda, qariyb 20 soatlik yoʻlda yetib borish mumkin. Shaharning sharqiy tomoni Otirar tumani, shimol tomoni Kentov shahri va Sozaq tumani, gʻarb tomonidan Qiziloʻrda viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani bilan chegaradosh.

Iqlimi

Turkiston qishi qisqa, sovuq va yozi uzoq, quruq, juda issiq boʻlgan salqin yarim qurgʻoqchil iqlimga ega (Köppen BSk). Yillik yogʻingarchilikning katta qismi kech kuz va kech bahor oraligʻiga toʻgʻri keladi.

Tarixi thumb|250px|Turkistondagi Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi Turkiston qadimgi shahar. Muhim hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri. Arab geograflari asarlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, IV—X asrlarda Turkiston oʻrnida Shavgar (Shovajar) shahar mavjud boʻlgan. XII—XVI asrlarda esa Yassi deb atalgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“sida Turkiston qishloq (qarʼyat) tarzida berilgan. „Turkiston“ nomi XVI asrdan maʼlum. Oʻsha davrda shahar Hazrati Turkiston nomi bilan ham mashhur boʻlgan. XVI—XVII asrlarda Qozoq xonligining poytaxti boʻlgan. Turkiston shahrida Abilayxon, Abulxayrxon, Ishimxon va boshqa qozoq xonlarining maqbaralari joylashgan. Qozoq xonligi Xitoy va Jungʻor xonliklari bilan urushi paytida Amir Umarxon Turkistonni Qoʻqon xonligi tarkibiga kiritgan. 1864-yilda Rossiya bosib olgan (Chimkent uyezdidagi shahar, 1867-yildan Sirdaryo viloyatidagi shahar).

Sanoati Turkistonda temirchilik presslash jihozlari, „Sana“, „Texosnastka“ sanoat korxonalari, paxta tozalash, qurilish materiallari, chorva mollariga beriladigan antibiotiklar zavodlari bor.

Ijtimoiy soha Turkistonda 4 universitet, 72 umumiy taʼlim maktabi va kollejlar faoliyat koʻrsatadi. Shaharda Amir Temur qurdirgan Yassaviy maqbarasi majmuasi (XIV asr oxiri) saqlanib qolgan. 2000-yil oktabrda Turkistonning 1500 yillik yubileyi nishonlandi.

Turizm 2021-yilda Turkistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm majmuasi Karvonsaroy ( ochildi. Bu noyob attraksionda savdogarlar, hunarmandlar, uchar teatr, ot sporti shoulari uchun amfiteatr, bozor, mehmonxonalar, restoranlar, kurort va fitnes markazi, kinoteatr va oilaviy dam olish markazi mavjud .

Transport tizimi Turkistonda shahar transporti avtobus va taksilardan iborat.

Turkistonga Hazrati Sulton xalqaro aeroporti xizmat koʻrsatadi. U shahar markazidan shimolda joylashgan.

Qardosh shaharlari

, Afyonkarahisar; , Kechioʻren; , Shusha.

Yana qarang Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi

Manbalar

Havolalar Gorod Turkestan na sayte unesco.kz Gorod Turkestan Turkestan na sayte „Nash Kazaxstan“ Istoriya goroda Yasi-Turkestan Iz istorii goroda Turkestan: shtrixi k istoricheskomu portretu.

Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Muqaddas shaharlar