Tojiklar (, [tɔː'ʤɪk], ) — Markaziy Osiyo eroniy xalqidir. Tojiklar hind-yevropa xalqlardan biri boʻlib fors-tojik kontinuumining turli lahjalarida gaplashadi va hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston hamda Pokistonda joylashgan hozirgi Eronning sharqi va shimoli-sharqidagi hududlarda istiqomat qiladi. Tojiklarning tarixiy yashash hududi Amudaryo (Panj)ning yuqori oqimi havzasini, Murgʻob va Kobulning quyi oqimi, Zarafshon vodiysi, Zarafshon daryosi havzalari atrofi, Fargʻona vodiysi, Sirdaryo havzalari, shuningdek, Hilmand hamda Argʻandab havzalarini qamrab oladi. Afgʻonistondagi Herirud va Xamun koʻli havzalarining fors tilida soʻzlashuvchi aholisi odatda tojiklar deb ataladi. Tojiklarning umumiy soni, turli maʼlumotlarga koʻra, 30 million kishigacha. Afgʻonistonda Tojikistondagidan koʻra koʻproq tojikistonliklar yashaydi. Afgʻonistonda — 17 milliondanCountry Factfiles. — Afghanistan, page 153. // Atlas. Fourth Edition. Editors: Ben Hoare, Margaret Parrish. Publisher: Jonathan Metcalf. First published in Great Britain in 2001 by Dorling Kindersley Limited. London: Dorling Kindersley, 2010, 432 pages. ISBN 9781405350396 «Population: 28,1 million Religions: Sunni Muslim 84%, Shi'a Muslim 15%, other 1% Ethnic Mix: Pashtun 38%, Tajik 25%, Hazara 19%, Uzbek, Turkmen, other 18%» 15 milliongachaAfghan, Tajik in Afghanistan, Tojikistonda — 8 milliondan ortiqЧисленность и национальный состав населения доля таджиков в населения Таджикистан, 2010 году - 84,3%. Oʻzbekistonda esa 1,7 milliondan ortiq tojik borOʻzbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi e’lon qilindi, Xitoyning gʻarbida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar.

Asosiy qismi fors tili (tojik tili)da soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eroniy tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. Tojiklar asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqodТаджики // Этнический атлас Узбекистана / А. Ильхамов. — Ташкент: Издательство «ИООФС — Узбекистан», 2002. — С. 197. — 451 с. — ISBN 5-862800-10-7.. Tojik xalqining shakllanishida avval miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid uzoq etnogenetik jarayonlar asos boʻlgan«Таджики» // Струнино — Тихорецк. — М. : Советская энциклопедия, 1976. — С. 169. — (Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров ; 1969—1978, т. 25)..

IX-X asrlarda Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tojiklarning etnik oʻzagining shakllanish jarayoni ham yakunlandi. Somoniylar davrida mintaqada hukmron tilga aylangan umumiy fors (tojik) tilining tarqalishi bilan chambarchas bogʻliq edi. X asr oxirida Somoniylar davlati parchalanib, turkiy sulolalar kuchaygach, Oʻrta Osiyoda siyosiy hokimiyat turkiy tilli xalqlar qoʻliga oʻtdi. Turkiy, keyinroq moʻgʻul qabilalari yangi toʻlqinlarda hozirgi tojiklarning ajdodlari yashaydigan dehqonchilik rayonlariga kirib keldi, oʻrta asr tojiklarining koʻp asrlik assimilyatsiya va turklashuv jarayoni, ayniqsa tekisliklarda, kamroq darajada togʻli va katta shaharlar hududlarda boshlandi.

Britannika entsiklopediyasida tojiklarning etnogenezi boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltirilganTajikistan: History (англ.). Encyclopedia Britannica.: .

Pomirda yashovchi tojiklar, sharqiy eroniy tillarining turfa dialektlarida soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini Tojiklarning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar. Sababi Tojiklarning eng qadimgi ajdodlari baqtriyaliklar, soʻgʻdlar, qadimgi xorazmliklar, saklar sharqiy eroniy tillarda soʻzlashishgan. IX asrda arab bosqinidan soʻng asli balxlik eroniylar xonadoniga mansub Somonxudot avlodlari Markaziy Osiyoda ulkan davlatga asos solishadi. Somoniylar deb atalmish ushbu davrda hukmdorlar uygʻonish davrini boshlab berishadi va aynan fors tilini davlat tili deb eʼlon qilishadi. Natijada Buxoro va Balx Somoniylar davrida Yangi Fors tili vujudga kelishi va rivojlanishiga tayanch boʻlib xizmat qiladi. Arab va fors tillari eng muhim tillarga aylandi. Jumladan, arab bosqini natijasida sharqiy eroniy tillariga kiruvchi soʻgʻd tili barham topgan va oʻlik tillar qatoriga kirgan edi. Uning oʻrnini esa gʻarbiy eroniy tillaridan biri Fors tili egallaydi va keyinchalik aynan Somoniylar davrida Sharq adabiyotining tayanch tiliga aylanishiga debocha yaratiladi. XX asr Tojiklar, uchun eng ogʻir davr hisoblanadi. Aynan Erondagi forslar va hozirgi hududlarda yashayotgan tojiklar bir til — Fors tilida suhbatlashishlariga qaramasdan, Markaziy Osiyolik Tojiklar,ning yozuvi kommunistlar tomonidan kirill alifbosiga oʻzgartirildi va unga xalq nomidan kelib chiqib tojik tili deb nom berildi.

Tojiklarning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, binokorlik va hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan.

Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Tojikiston Tojikiston iqtisodiyoti Tojikistonning aholi punktlari nomi oʻzgartirilishi Tojik tili Tojikiston milliy futbol terma jamoasi

Tojikiston fuqarolar urushi Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Tojikistonda COVID-19 pandemiyasi Tojik alifbosi

Tojikiston geografiyasi Tojikistonda islom Tojikistonlik oʻzbeklar Manbalar

Adabiyotlar Bartold V.V., Tadjiki, Tojiklar 2,(1), M., 1963; Vamberi A., Ocherki o Sredney Azii. M., 1868; Shishov A., Tadjiki: Etnograficheskiye i antropologicheskoye issledovaniye, Tojiklar, 1910. Richard Foltz., A history of Tajiks: Iranians of the East, Bloomsberry, New York., 2019 Richard N. Fyre., Bukhara — The Medieval Achievement, University of Oklahoma Press, Norman., 1965

Turkum:Markaziy Osiyo xalqlari