Goldbax muammosi — sonlar nazariyasining hali toʻla yechimini topmagan muammolaridan biri.
X.Goldbax 1742-yil 7-iyunda L.Eylerga yozgan xatida „Menimcha har qanday natural son uchta tub son yigʻindisidan iborat“ degan fikrni bayon qilgan. Eyler oʻzining javob xatida: „Har qanday juft son ikkita tub son yigʻindisidan iboratligiga aminman, lekin afsuski, juda koʻp uringan boʻlsamda, men buni isbot qilolmayapman“ deb yozgan.
Bu gipotezalar birgalikda Goldbax-Eyler gipotezalari yoki Goldbax-Eyler muammosi deb yuritiladi.
Agar Goldbax gipotezasini juft sonlar va toq sonlar uchun alohida yozilsa, u holda Goldbax-Eyler gipotezalarini quyidagicha bayon qilish mumkin:
Goldbaxning kuchli binar gipotezasi (yoki Eyler gipotezasi): „Har qanday juft son ikkita tub son yigʻindisidan iborat“. Juft sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi: „Har qanday juft son uchta tub son yigʻindisidan iborat“. Toq sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi: „Har qanday toq son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.
Adabiyot B.Y.Yagudayev „Ajoyib sonlar olamida“ „Oʻqituvchi“. Toshkent. 1973-yil.
Manbalar
Turkum:Matematika