Heroes (Qahramonlar) Amerika ilmiy-fantastik teleserialidir. Muallif - Tim Kring. Serial NBC telekanalida 2006-yil 25-sentabridan beri efirga uzatiladi. Oʻzbekistonda serial TV-Markaz va NTT kanalida koʻrsatilmoqda.
Serial gʻayritabiiy kuchlarga ega kishilar haqida hikoya qiladi. Mazmuni Heroes serialida har bir qahramon hayotidan kichik hikoya koʻrsatilib, umumiy manzara hosil qilinadi. 1-mavsum 2006-yil 23-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda turli yerlardagi oddiy odamlar oʻzlarida ajabtovur qobiliyatlar borligini oʻrganishadi. Bu kuch-qobiliyatlarni otasining ishini davom ettirmoqchi boʻlgan Mohinder Suresh ismli hind genetiki tadqiq etmoqchi boʻladi. Ayni damda bu odamlarni „The Company“ („Kompaniya“) deb ataluvchi sirli tashkilot vakili boʻlmish Noah Bennet va Haitilik degan kishilar „ov“lashni boshlashadi. Mavsum voqealari New Yorkda sodir boʻlishi kutilgan yadroviy portlashning oldini olish maqsadi atrofida aylanadi. 2-mavsum 2007-yil 24-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsum Amerika Adiblari Gildiyasi ish tashlashi tufayli kutilganidek 24 qismli emas, balki 11 qismli boʻldi. Ushbu mavsumda xavfli virus pandemiyasiga qarshi kurashish haqida gap ketadi. 3-mavsum 2008-yil 22-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda ikkinchi mavsumga kirmay qolgan hikoyalar namoyish etiladi. Qahramonlar center|thumb|450px|Serial aktyorlari.
Ismi Bosh rolda(mavsumlar) Ikkilamchi rolda(mavsumlar) Aktyor/Aktrisa Maʼlum gʻayritabiiy qobiliyatlari Claire Bennet 1, 2, 3 — Hayden Panettiere Tezkor hujayraviy regeneratsiya Noah Bennet 1, 2, 3 — Jack Coleman Yoʻq Elle Bishop 2 3 Kristen Bell Elektr boshqaruvi Monica Dawson 2 — Dana Davis Yuksak mushak xotirasi Simone Deveaux 1 — Tawny Cypress Yoʻq D.L. Hawkins 1 2 Leonard Roberts Qattiq jismlar ichidan oʻta olish Maya Herrera 2, 3 — Dania Ramirez Zaharlash Ando Masahashi 2, 3 1 James Kyson Lee Avvaliga yoʻq; gen oʻzgartiruvchi dori bilan emlanganidan soʻng qobiliyat kuchaytirish va energetik himoya Isaac Mendez 1 — Santiago Cabrera Bashorat (badiiy tasvir orqali namoyon etiladi) Adam Monroe 2 3 David Anders Tezkor hujayraviy regeneratsiya Hiro Nakamura 1, 2, 3 — Masi Oka Fazo-vaqt boshqaruvi (teleportatsiya, vaqt sayohati) Matt Parkman 1, 2, 3 — Greg Grunberg Telepatiya Angela Petrelli 3 1, 2 Cristine Rose Bashorat (tushlar orqali namoyon etiladi) Nathan Petrelli 1, 2, 3 — Adrian Pasdar Parvoz Peter Petrelli 1, 2, 3 — Milo Ventimiglia Qobiliyatni singdirib olish (boshqa qahramonlar nimaiki qila olsa, Peter ham shuni bajara oladi) Micah Sanders 1, 2 3 Noah Gray-Cabey Texnopatiya (elektronika bilan muloqot) Niki Sanders 1, 2 — Ali Larter Jismoniy super-baquvvatlik Tracy Strauss 3 — Ali Larter Kuchli sovutish, suv boshqaruvi Mohinder Suresh 1, 2, 3 — Sendhil Ramamurthy Avvaliga yoʻq; gen oʻzgartiruvchi dori bilan emlanganidan soʻng super-baquvvatlik Sylar 2, 3 1 Zachary Quinto boshqa qahramonlarning qobiliyatlari manbaini oʻrganadi (jabrdiyda miyasini ochib qarash orqali) va oʻziga nusxalay oladi Havolalar Rasmiy veb-sahifasi
Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:NBC dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar teleseriallari Turkum:LGBT mavzuli teleseriallar