thumb|Telmissany (2022-yil) May Telmissany (; 1965-yil 1-iyulda tugʻilgan) — misr-kanadalik yozuvchi, tarjimon, kinotanqidchi va akademik. May Kanadaning Ottava shahridagi Ottava universitetida arab tili tadqiqotlari hamda kino yoʻnalishidan dars beradi.
Biografiyasi May Telmissany 1965-yil 1-iyulda Misrning Qohira shahrida tugʻilganProfile in English PEN World Atlas . U misrlik xujjatli filmlar rejissori Abdel-Kader El-Telmissanyning (1924–2003) qizi. Telmissany dastlab Ayn Shams Universitetida fransuz adabiyoti boʻyicha tahsil olgan. May bir necha yil davomida Qohira radiosining Fransuz xizmatida hamda Manufiya universitetining Sanʼat fakultetida faoliyat olib borgan. Shuningdek, bir muddat Parijda ham yashagan. 1995-yilda u Qohira universitetida fransuz adabiyoti boʻyicha magistrlik darajasini olgan. 1998-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlash uchun Kanadaga koʻchib oʻtgan. Yakunda Kanada xalqaro taraqqiyot agentligi stipendiyasi asosida 2007-yilda Monreal universitetida doktorlik (PhD) darajasini qoʻlga kiritgan. May oʻshadan beri Monreal, Konkordiya, MakGill va Ottava universitetlarida dars berib kelmoqda.
Telmissany oʻzining ilk „Dunyazad“ (1997) romanini ona tili boʻlmish arab tilida yozgan. Ushbu asar tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan hamda fransuz, ingliz, ispan va olmon tillariga tarjima qilingan. „Dunyazad“ romani, shuningdek, Fransiyada eng yaxshi debyut roman uchun beriladigan 2002-yilgi Odissey mukofotini va Misrda eng yaxshi avtobiofrafik roman uchun beriladigan 2002-yilgi Davlat mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning ikkinchi romani „Heliopolis“ 2001-yilda nashr etilgan va 2002-yilda fransuz tiliga tarjima qilingan. 2009-yilda u Kanadadagi tajribasi hamda Misrga ketma-ket qaytishilari haqidagi xotiralar jamlangan „Lel-Ganna Sour“ („Jannatning devori bor“) nomli toʻplamini chop etgan. 2012-yilda esa oʻzining uchinchi romani „A Capella“ni eʼlon qildi. Uning 2021-yilda yozilgan „They all say I love you“ romani 2023-yilgi Xalqaro arab nasri mukofotining roʻyxatiga kiritilgan. Asarda Amerika va Kanadada yashayotgan oʻrta yoshli, oʻrta tabaqaga mansub besh nafar arab ziyolisining sevgisi va munosabatlari yoritilgan boʻlib, uning bir qismi 2023-yil avgustida ArabLit jurnali tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.
Manbalar
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Misrlik ayol yozuvchilar