Afzal Gunj masjidi, shuningdek, AfzalGunj masjidi va Afzalgunj masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Hindistonning Telangana shtati Haydarobod shahri Afzalgunj mahallasida joylashgan masjid. 1866-yilda Haydarobodning 5-nizomi Afzal ud-Davla tomonidan Nayapul koʻprigi qurib bitkazilganidan soʻng bunyod etilgan. Ushbu koʻprik shaharni uning yangi barpo etilgan qismi bilan bogʻlaydi.

Umumiy maʼlumot Masjid Afzal-ud-Davla buyurtmasiga binoan bunyod etilgan boʻlib, bino qurilishiga 1 lakh rupiy sarflangan. Qurilish ishlari yakunlangach, masjid shaharda kattaligi jihatidan 2-oʻrinni egallagan. Shahardagi eng katta masjid esa Makka masjidi boʻlgan.

Toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi masjid zalining oldingi burchaklarida ikkita minora qad rostlagan. Binoning old fasadi ganch bezaklari bilan ziynatlangan.

Yana qarang

Hindistonda islom

Manbalar

Havolalar Turkum:Hindistondagi 19-asr masjidlari Turkum:Hindistondagi minorali masjidlar Turkum:1860-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:1866-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar