YTO Cargo Airlines Co., Ltd. (brendi YTO Cargo Airlines) — Xitoyning kargo aviakompaniyasi. Bosh ofisi Chjetszyan provinsiyasining Xanchjou shahrida joylashgan. YTO Express tezkor yetkazib berish kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Aviakompaniya oʻz faoliyatini 2015-yilda boshlagan. Kompaniya 2025-yil oxiriga qadar Jiaxing Nanhu aeroportida yangi havo-yer yuk tashish habini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Parvoz yoʻnalishlari

YTO Cargo Airlines sakkiz mamlakatdagi 21 ta manzilga parvozlarni amalga oshiradi.

2019-yil iyul oyida aviakompaniya Oʻzbekiston va Filippinga yangi yoʻnalishlarni ochdi. 2020-yil 2-noyabrda uning tarmogʻiga Singapur ham qoʻshildi.

Osiyo Bangladesh Dakka — Hazrati Shohjalol xalqaro aeroporti Filippin Angeles City — Klark xalqaro aeroporti Manila — Ninoy Aquino xalqaro aeroporti Hindiston Dehli — Indira Gandi xalqaro aeroporti Mumbay — Chhatrapati Shivaji Maharoja xalqaro aeroporti Kalkutta — Netaji Subhas Chandra Bose xalqaro aeroporti Chennay — Chennay xalqaro aeroporti Janubiy Koreya Seul — Inchxon aeroporti Pokiston Karachi — Jinna xalqaro aeroporti Lohur — Alloma Iqbol xalqaro aeroporti Qirgʻiziston Bishkek — Manas xalqaro aeroporti Singapur Changi aeroporti Tailand Bangkok — Suvarnabhumi Vyetnam Xoshimin — Tan Son Nhat xalqaro aeroporti Xitoy Chengdu — Chengdu Shuangliu xalqaro aeroporti Guanchjou — Guanchjou Baiyun xalqaro aeroporti Xanchjou — Xanchjou Syaoshan xalqaro aeroporti (Aviahab) Huizhou — Huizhou Pingtan aeroporti Jiaxing — Jiaxing Nanhu aeroporti Tyanszin — Tyanszin Binhai xalqaro aeroporti Wuxi — Wuxi Shuofang aeroporti Gʻulja — Ili Gʻulja xalqaro aeroporti Yaponiya Osaka — Kansay xalqaro aeroporti Tokio — Narita xalqaro aeroporti Oʻzbekiston Toshkent — Toshkent xalqaro aeroporti

Aviaparki Joriy holati 2026-yil iyul holatiga koʻra, YTO Cargo Airlines quyidagi samolyotlarni ekspluatatsiya qiladi:

+ YTO Cargo Airlines aviaparkiSamolyot turiMiqdoriBuyurtma berilganiEslatmalarBoeing 757-200PCF10—Boeing 767-300ER/BDSF3—Comac C909/CCF 11Boshlangʻich buyurtma.Jami141

Aviaparkining rivojlanishi 2017-yil 25-dekabrda aviakompaniya oʻzining ilk Boeing 757-200PCF samolyotini qabul qilib oldi. 2021-yil dekabr oyida, aviakompaniya Comac ARJ21F modelini xarid qilish rejalari eʼlon qilinganidan soʻng, ushbu samolyotning ilk buyurtmachisi boʻldi.

Avvalgi holati 2025-yil dekabr holatiga koʻra, YTO Cargo Airlines aviakompaniyasi 10 ta Boeing 757-200PCF, 3 ta Boeing 767-300ER(BDSF) va 1 ta Comac 909CCF samolyotlarini ekspluatatsiya qilgan.

YTO Cargo Airlines avvalroq quyidagi samolyotlardadan ham foydalangan: 6 ta Boeing 737-300SF 2 ta Boeing 737-300BDSF

Manbalar

Turkum:Xitoy aviakompaniyalari Turkum:Chjetszyan