Ibrohim ibn Muhammad ibn Ahmad ash-Shofiʼiy al-Bajuriy () (1784-yilda tugʻilgan; 1860-yil 17-iyunda vafot etgan) — ulamo, ilohiyotchi va al-Azhar universiteti rektori. Imom ash-Shofiʼiy izdoshi boʻlgan al-Bajuriy fiqg, eʼtiqod aqidalari, islomiy meros taqsimoti, kalom, mantiq va arab tiliga oid 20 dan ortiq asar hamda sharhlar yozgan.
Ilk hayoti Al-Bajuriy Misrning Monufiya muhafazasidagi al-Bagur qishlogʻida tugʻilgan. Otasidan Qurʼon va uni qiroat qilishni oʻrgangan. 14 yoshida al-Bajuriy islomning anʼanaviy ilmlarini oʻrganish uchun al-Azharga kirgan. 1798-yilda fransuzlar bosqini sabab al-Bajuriy al-Azhardan ketib, 1801-yilgacha Gizada qoladi; soʻng taʼlimini yakunlash uchun al-Azharga qaytadi. Shu yerda u oʻqishda yuksak natijalarga erishib, turli mavzularda dars bera boshlaydi va asarlar yoza boshlaydi.
Al-Azhar universiteti rektori Al-Bajuriy al-Azhar universitetida dars bergan va 1847-yilda uning rektori boʻlgan, bu lavozimni umrining oxirigacha egallab turgan. Shayx al-Azhar sifatidagi faoliyati davomida u vaqtining katta qismini taʼlim berishga sarflagan. Uning shogirdlari orasida ilm talab qiluvchi yosh talabalar ham, al-Azharning koʻplab yirik ulamolari ham boʻlgan.
Asarlari Al-Bajuriyning keng qamrovli adabiy merosidagi eng mashhur asarlar quyidagilardir:.
Risolа fi ilm at-tavhid al-Mavohib al-laduniyya, at-Termiziyning Kitob ash-shamoil asariga sharh al-Busiriyning Burda asariga sharh Abu Shujoʼning Taxrib yoki Muxtasari (Matn Abi Shujoʼ)ga sharh. Muhammad ibn Yusuf as-Sanusiyning Umm al-barohin (Asosiy dalillar) asariga sharh Ibrohim al-Laqqoniyning Javharat at-tavhid asariga yozilgan sharhga hoshiya al-Axdariyning oʻzining as-Sullam al-muravnok asariga yozgan sharhiga hoshiya ustozı ning asariga sharh Ahmad ad-Dardirning Mavlid asariga sharh Ibn Ajurrumning Ajorumiyya asarining nazmga solingan nusxasiga sharh.
Vafoti Al-Bajuriy 1276/1860-yilda vafot etgan.
Yana qarang Ashʼariylar va moturidiylar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Shofiʼiylar Turkum:Ashʼariylar Turkum:1784-yilda tugʻilganlar Turkum:1860-yilda vafot etganlar Turkum:Misrlik sunniy musulmonlar Turkum:19-asr musulmon ilohiyotchilari