Sunan Bonang (asl ismi Raden Makdum Ibrahim) – otasi Sunan Ampel va akasi Sunan Drajat bilan birga yavaliklar (Indoneziyaning eng yirik etnik guruhi) orasida islom dinining yoyilishiga hissa qoʻshgan Vali Sanga – toʻqqiz avliyoning biri.
Sunan Bonang Majapahit zodagonlari hamda Gan Eng Su ismli xitoylik kapitanning avlodidan boʻlgan. Biroq boshqa bir manbada uning Sunan Ampel va Nyai Ageng Manila ismli zodagon ayolning oʻgʻli ekani aytiladi. Taniqli ulamo boʻlib yetishgach, oddiy yava xalqini islom dini bilan yaqindan tanishtirishga harakat qiladi. U Demak sultonligi hukmdori Raden Patahning ustozi sifatida tanilgan.
Gollandiyalik tadqiqotchi Bep Schrieke „Het boek van Bonang“ („Lontar Ferrara“ nomi bilan ham maʼlum) qoʻlyozmasi asosida Sunan Bonangning bidʼatlarni tanqid qilgani va islom taʼlimotining sofligini yoqlagani borasidagi qarashlarini yozib qoldirgan..
Yana qarang Indoneziyada Islom Indoneziyada Islom dinining yoyilishi Ali al-Uraydiy
Manbalar
Havolalar
Turkum:1465-yilda tugʻilganlar Turkum:1525-yilda vafot etganlar Turkum:Wali Sanga Turkum:Indoneziyada Islom tarixi