Rustam posho karvonsaroyi () — Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Adirna shahrida joylashgan karvonsaroy. Usmoniylar davlat arbobi va bosh vazir Rustam posho topshirigʻiga binoan saroy meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan 1561-yilda qurilgan. Bugungi kunda binodan 110 xonali mehmonxona sifatida foydalaniladi, ichki qismi 2016–2018-yillarda qayta taʼmirlangan.

Bu ikki qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi inshoot hovli va hammomdan iborat. Uning old qismida 21 ta doʻkon joylashgan. Karvonsaroy hovlisida ilgari quduq va namozxona boʻlgan, biroq ular 1877–1878-yillardagi rus-turk urushi davrida vayron qilingan. Asrlar davomida bu savdo hududi Adirna atrofida boqilgan ipak qurti kapalaklarining pillalarini sotish uchun xizmat qilgan.

Bino 1972-yilda restavratsiya qilingan va mehmonxonaga aylantirilgan. Meʼmor Ertan Cakirlar boshchiligida olib borilgan restavratsiya ishlari meʼmorchilik boʻyicha taqdim etiladigan Ogʻaxon mukofotiga sazovor boʻlgan dastlabki loyihalar qatorida boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1561-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Adirnadagi binolar va inshootlar Turkum:Usmoniylst imperiyasidagi binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi karvonsaroylar Turkum:Usmoniylar karvonsaroylari Turkum:Turkiyadagi mehmonxonalar