Liviya xalqaro Qurʼoni karimni yod olish va qiroat qilish tanlovi – musulmon olamida Qurʼonni o‘qish, yod olish va qiroat qilish bo‘yicha eng yirik musobaqalardan biridir. Unda dunyoning 50 dan ortiq davlati ishtirok etadi. Ushbu dastur Liviyaning Vaqf va din ishlari vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
Tadbir doirasida Qurʼon tilovat qilish bo‘yicha turli yo‘nalishlarda musobaqalar tashkil etiladi. Tanlovning asosiy maqsadi – insonlar o‘rtasida yaxshi, axloqiy fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ularni mustahkamlash, mumtoz arab tilidan to‘g‘ri foydalanishni ommalashtirish, shuningdek, bolalarni Qurʼoni karimni o‘rganish va tilovat qilishga ilhomlantirishdan iborat. Mazkur tadbir Misrata shahridagi Al-Raied masjidida bo‘lib o‘tadi.
Tarixi Ushbu tanlov 1991-yilda tashkil etilgan. Ishtirokchilarning tayyorgarligini taʼminlash maqsadida mamlakat har yili Milliy birlik mukofoti deb nomlanuvchi Respublika Qurʼon tanlovini o‘tkazib boradi. 2018-yilda uchta yo‘nalish bo‘yicha 85 ta davlatdan qatnashchilar ishtirok etgan. Ushbu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
Qurʼoni karimni yod olish Qurʼoni karimning yarmini yod olish Qurʼoni karimning choragini yod olish.
Tanlovning maqsadi Ushbu mukofotdan ko‘zlangan maqsad quyidagi faoliyatlar orqali musulmonlar uchun muqaddas boʻlgan Qurʼoni karimni eʼzozlash va uni oʻrganish darajasini yanada yuksaltirishdan iborat:
Yosh avlodni o‘z diniga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda islomiy e’tiqod va maqsadlar yo‘lidagi burchini anglatish.
Qur’oni karimni yod olgan taniqli qorilarni hurmat qilish va e’zozlash.
Mamlakatning Islom dini xizmatidagi faoliyatini musilmon olamiga tanitish va namoyish etish.
Mukofot 1-oʻrin uchun 100,000 LD (Liviya dinori)
2-oʻrin uchun 80,000 LD (Liviya dinori)
3-oʻrin uchun 40,000 LD (Liviya dinori).
Yana qarang Indoneziya xalqaro Qurʼon musobaqasi Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqasi Dubay xalqaro muqaddas Qurʼon mukofoti Eron Islom Respublikasi xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi Tijan an-Nur xalqaro Qurʼon musobaqasi
Manbalar
Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari