Bani Suvayf muhofazasi (, Muḥāfāzah Banī Suwīf) — Misr muhofazalaridan biri. Mamlakat markazida, Yuqori Misr shimolida joylashgan.
Tavsifi Muhofaza maʼmuriy markazi Banisueyf shahri boʻlib, u Qohiradan taxminan 120 km janubda, Nil daryosining gʻarbiy sohilida joylashgan. Hudud Misrda oʻzining sement zavodlari bilan mashhur. Yaqin atrofdagi Maydum piramidasi — bu hududdagi yagona diqqatga sazovor sayyohlik obyekti hisoblanadi.
Yozilishidagi farqlar tufayli u Banisueyf yoki Banisuvayf shaklida ham atalishi mumkin.
Ushbu muhofazada qashshoqlik darajasi 60% dan yuqori, ammo yaqinda moliyaviy yordam va ish oʻrinlari yaratish koʻrinishidagi ijtimoiy himoya choralari joriy etildi. Moliyalashtirish ishlari mamlakat Moliya vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlar koʻmagida muvofiqlashtirilgan.
Maʼmuriy boʻlinishi Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 3 561 639 kishini tashkil etadi.
+ Munitsipal boʻlinmalari Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2023-yil yanvar tax.) Turi Banisueyf 288,642 Qism (toʻliq shahar) Banisueyf 471,581 Markaz Biba 524,012 MarkazAl-Fashan 527,561 Markaz Al-Vasta 545,989 Markaz Ihnasiya 435,532 Markaz Nosir 373,510 Markaz Yangi Banisueyf 34,108 Qism (toʻliq shahar) Sumusta al-Vaqf 310,449 Markaz
Aholisi 2015-yildagi aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, muhofazadagi aholining aksariyati qishloq joylarida istiqomat qiladi; urbanizatsiya darajasi esa bor-yoʻgʻi 23,2 foizni tashkil etadi. Hududda yashovchi taxminan 2 856 812 kishidan 2 193 871 nafari qishloq joylarida, 662 941 nafari esa shahar joylarida istiqomat qiladi.
Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Sinayda quyidagi sanoat zonalari joylashgan: Sanoat zonasiJabal Gʻarb sanoat zonasiYangi Banisueyf sanoat zonasi
Manbalar
Havolalar
Beni Suef Museum next to the governorate building El Wattan News of Beni Suef Governorate
Turkum:Misr muhofazalari