Balaban posho masjidi () — Turkiyaning Edirne viloyati markazida joylashgan masjid, XV asr boshlarida Balaban posho tomonidan qurdirilgan. Balaban posho Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod II hukmronligi davrida Menteşe va Tokat beklarbegi lavozimida xizmat qilgan.
Balaban posho oʻzi bunyod ettirgan masjid yonida oshxona ham qurdirgan. Posho vafot etganidan soʻng masjid qabristoniga dafn etilgan.
Masjidning tomi yogʻochdan qurilgan, minorasi bitta. 1920-yillarda bino xarobaga aylangan. Hovlidagi toshlar yoʻl qurilishida ishlatilgan. 1926-yilda Edirne Vaqflar boshqarmasi 227 va 241-raqamli qarorlari asosida masjidning qurilish materiallarini qurilish chiqindisi sifatida sotishga qaror qilgan, shundan so'ng ular 30 liraga sotilgan. Masjid joylashgan yer ham 1940-yil 28-sentyabrdagi 78-sonli qarori bilan sotuvga qoʻyilgan. 1940-yil 16-dekabrda esa 88-sonli qaror asosida yerning har kvadrat metri 33 kuruşdan Edirne munitsipalitetining ombor mudiri va markaziy soliq yigʻuvchisi Usmon Türkkanga sotilgan. Balaban posho masjidi 2022-yilda qayta qurilgan.
Yana qarang Edirnedagi tarixiy masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:1500-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar