Selçuk Xotun masjidi () — Usmoniylar imperiyasi davrida qurilgan masjid. Turkiyaning Adirna shahrida joylashgan. 1456-yilda Selçuk Xotun tomonidan masjid sifatida qurilgan bu binoda keyinchalik masjid imomi Ibrohim Xalifaning vafotidan soʻng, imom tomonidan xayriya qilingan mablagʻlar hisobiga minbar qurilib, jome masjidga aylantirilgan.

Masjid va minora tarhi kvadrat shaklda boʻlib, yoʻnilgan toshdan qurilgan. Selçuk Xotun masjidining bitta gumbazi va minorasi mavjud. 2003-yilda bino restavratsiya qilingan va ibodat qiluvchilar uchun qayta ochilgan.

Manbalar

Havolalar

Restavratsiyadan oldingi suratlar Selçuk Hatun masjidi haqida kitob

Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:15-asrda qurib bitkazilgan masjidlar