Sohil-Salim () — Misrning Asyut muhafazasida joylashgan shahar. 2017-yilgi maʼlumotlarga koʻra, aholi soni 180 996 kishidan iborat.
Sohil-Salim Nil daryosining sharqiy sohilida, Asyut shahridan 24 km janubda joylashgan. Sharqda u Qizil dengiz muhafazasi chegarasigacha boʻlgan kimsasiz choʻl platosiga tutash, gʻarbda Abu-Tigʻ, shimolda El-Fath hamda janubda Al-Badari markazlari bilan chegaradosh. Sohil-Salim oʻzining mevali bogʻlari bilan ajralib turadi va mevalarining bir qismi xorijga eksport qilinadi .
Tarixi Sohil-Salim Asyut muhafazasi hududidagi eng qadimiy markazlardan biri boʻlib, uning tarixi firʼavnlar davridan ham oldingi davrlarga borib taqaladi.
Manbalar
Turkum:Asyut muhafazasi aholi punktlari Turkum:Misr shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari