Misr stadioni (, shuningdek, Yangi poytaxt stadioni () nomi bilan ham tanilgan) — Misrning Yangi poytaxtdagi Olimpiya sport shaharchasida joylashgan stadiondir. Uning sigʻimi 93 940 kishidan ortiq boʻlib, bu uni mamlakatdagi eng katta va Afrikadagi ikkinchi yirik stadionga aylantiradi.
Arena 2015-yildan beri qurilayotgan yirik sport majmuasi — Misr Xalqaro Olimpiya shahrining bir qismidir. Unda mashgʻulot maydoni, ikkita yopiq zal (ulardan biri 15 000 oʻrinli arena), olimpiya oʻlchamidagi suzish havzasi va boshqa binolar boʻladi. Shuningdek, u mamlakatning Olimpiya oʻyinlari yoki FIFA Jahon chempionati mezbonligi uchun ehtimoliy arizalarini koʻzda tutgan holda qurilmoqda.
Tarixi Stadion qurilishi 2019-yilda yirik olimpiya sport majmuasining bir qismi sifatida boshlangan. Arena Italiyaning SHESA Architects va MJW Structures firmalari tomonidan Cosmos-E muhandis va maslahatchilarihttp://stadiumdb.com/designs/egy/egypt_sports_city_stadium bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan boʻlib, ular Turindagi Juventus stadioni va Kamerunning Yaunde shahridagi Paul Biya stadionida ham ishlagan. Orascom Construction asosiy pudratchi boʻlgan, loyihani koʻrib chiqish va qurilish nazorati ACE Consulting Engineers (Moharram va Bakhoum) tomonidan, loyiha egasi va boshqaruvi esa EAAF tomonidan amalga oshirilgan.
Stadion 2023-yil oxirida qurib bitkazildi va 2023-yilgi Afrika Millatlar Kubogi oldidan Misr milliy futbol jamoasining oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga mezbonlik qilgan. U 2024-yil 22-mart kuni ochilgan boʻlib, oʻshanda Misr oʻrtoqlik uchrashuvida Yangi Zelandiyani qabul qilib, 1:0 hisobida magʻlub etgan.
Dizayni Misr stadioni elliptik tarhda qurilgan. Uning tomi uslubiy jihatdan qadimgi Misr malikasi Nefertitining bosh kiyimi va shohona marjoniga asoslangan. Stadionda yugurish yoʻlagi mavjud.
Oʻyinlar Stadion 2024-yil 22-mart kuni Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari oʻrtasida, 2024-yilgi ilk FIFA Seriyasining bir qismi boʻlgan 2024-yilgi ACUD kubogining ochilish oʻyiniga mezbonlik qildi.
Yana qarang Misrdagi futbol stadionlari roʻyxati Stadionlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Misrdagi stadionlar Turkum:2023-yilda Misrda tashkil etilganlar Turkum:Yangi maʼmuriy poytaxt