Macklemore ( , avval Professor Macklemore) taxallusi bilan tanilgan Benjamin Hammond Haggerty (1983-yil 19-iyunda tugʻilgan) — amerikalik repper. Washington shtatining Seattle shahrida tugʻilgan Haggerty oʻz faoliyatini 2000-yilda mustaqil ijodkor sifatida boshlagan va Open Your Eyes (2000), The Language of My World (2005) hamda The Unplanned Mixtape (2009) albomlarini chiqargan. U prodyuser Ryan Lewis bilan Macklemore & Ryan Lewis dueti tarkibida (2009–2016) hamkorlik qilishi orqali xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozongan.

Macklemore & Ryan Lewisning 2012-yilda chiqarilgan Wanz ishtirokidagi „Thrift Shop“ qoʻshigʻi 11 yil ichida mustaqil ravishda chiqarilgan holda Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan ilk qoʻshiq boʻldi. Ularning ikkinchi singli „Can't Hold Us“ (Ray Dalton ishtirokida) ham chartda birinchi oʻringa koʻtarilib, Macklemore va Lewisni chart tarixida dastlabki ikkita singli ham birinchi oʻrinni egallagan ilk duetga aylantirdi. Ularning ilk studiyaviy albomi The Heist (2012) Billboard 200 chartida 2-oʻrinni egalladi. Duet Warner Bros. kompaniyasining mustaqil distributsiya boʻlinmasi ADA bilan uch oy muddatga moʻljallangan, faqat bitta albomni qamrab oluvchi biroz noodatiy shartnoma tuzdi. Bu ularga oʻz intellektual mulklari ustidan nazoratni saqlab qolish va „ijodiy yaxlitlik“ni taʼminlash imkonini berdi. 56-Grammy Awards taqdirlash marosimida duet „Eng yaxshi yangi ijodkor“, The Heist uchun „Eng yaxshi rep albomi“, „Same Love“ uchun „Eng yaxshi rep qoʻshigʻi“ va „Thrift Shop“ uchun „Eng yaxshi rep ijrosi“ nominatsiyalarida gʻolib boʻldi. Shundan soʻng duetning ikkinchi albomi This Unruly Mess I've Made (2016) chiqarildi.

2017-yil iyun oyida Macklemore Skylar Grey ishtirokidagi „Glorious“ singlini chiqardi. Ushbu qoʻshiq uning musiqa sanoatiga qaytishi, shuningdek, muvaffaqiyatga erishganidan keyin Lewis ishtirokisiz prodyuserlik qilingan ilk yirik singli edi. Macklemore oʻsha yilning sentyabr oyida oʻzining ikkinchi yakkaxon studiyaviy albomi Geminini chiqardi va albom Billboard 200 chartida 2-oʻrinni egalladi. 2023-yil 3-martda u oʻzining uchinchi albomi Benni chiqardi va albom chartda 18-oʻringa koʻtarildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:XXI asr amerikalik repperlari Turkum:Alternativ hip-hop musiqachilari Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Asli Irlandiyalik amerikaliklar Turkum:Yashayotgan insonlar