Ibn Abu Shaybah yoki Imom Abu Bakr Ibn Abu Shaybah yoki Abu Bakr Abdulloh ibn Muhammad Ibn Abu Shaybah Ibrohim ibn Usmon al-Absiy al-Kufiy (Arab tili: امام أبو بكر عبد الله بن محمد بن أبي شيبة إبراهيم بن عثمان العبسي الكوفي; hijriy 159-yil — 235-yil / milodiy 775–849-yil) — hadis boʻyicha faqih va olim. Ibn Abu Shaybaning Musannafi nomi bilan mashhur boʻlgan musannaf asarni yozgan; u tarixdagi ikkinchi eng yirik hadis toʻplami hamda ushbu janrdagi eng qadimgi bizgacha yetib kelgan asarlardan biridirA. Kevin Reinhart, Ritual Action and Practical Action: The Incomprehensibility of Muslim Devotional Action. Taken from Islamic Law in Theory: Studies on Jurisprudence in Honor of Bernard Weiss, pg. 68. Eds. Kevin Reinhart and Robert Gleave. Leiden: Brill Publishers, 2014. . Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madini va Yahyo ibn Maʼin bilan bir qatorda, Ibn Abu Shayba koʻplab musulmon hadis mutaxassislari tomonidan bu sohadagi eng muhim toʻrt muallifdan biri deb eʼtirof etilganIbn al-Jawzi, The Life of Ibn Hanbal, pg. 45. Trns. Michael Cooperson. New York: New York University Press, 2016. .
Hayoti U hijriy 159-yilda Iroqning Kufa shahrida tugʻilgan. U Ibn Abu Shaybaning Musannafi, Al-Musnad va boshqa shu kabi katta hajmli asarlar muallifi boʻlgan. U Sufyon ibn ‘Uyayna, Abdulloh ibn al-Muborak va Abdurahmon ibn Mahdiy kabi ishonchli va eʼtiborli imomlardan iborat katta guruh olimlardan hadis tinglagan. Imom Ahmad ibn Hanbal va uning oʻgʻli Abdulloh undan rivoyat qilgan; u mashhur imomlarning ustozlari jumlasidandir: Al-Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Ibn Moja.
Abu Ubayd al-Qosim ibn Salom shunday degan: „Hadisning yetakchi olimlari toʻrt kishi: halol va harom masalalarida eng bilimdoni Ahmad ibn Hanbal. Hadislarni sanab chiqish va ularni toʻgʻri kontekstga qoʻyishda eng mohir Ali ibn al-Madiniy. Kitob yozishda eng ustasi Ibn Abu Shayba. Qaysi hadis sahih, qaysi biri zaif ekanini eng yaxshi biladigani esa Yahyo ibn Maʼin“. U yana shuni qoʻshgan: „(Hadis) ilmi oxir-oqibat toʻrt (kishiga) borib taqaladi: Abu Bakr Ibn Abu Shayba, Ahmad ibn Hanbal, Yahyo ibn Maʼin va Ali ibn al-Madiniy. Shunday ekan, Abu Bakr (Ibn Abu Shayba) ularning ichida uni (yaʼni hadisni) bayon qilishda eng yaxshisidir. Ahmad ularning orasida undagi fiqh jihatidan eng kuchlisidir. Yahyo ularning orasida uni jamlash va toʻplashda eng yaxshisidir. Ali esa ularning orasida undagi eng bilimdonidir“. Al-‘Ijliy shunday degan: „U ishonchli va hofiz“. Al-Xatib al-Bagʻdodiy shunday degan: „U rivoyatida aniq (mutqin) edi, koʻp hadislarga yod (hofiz) edi va koʻp asarlar yaratdi (muksir). U Al-Musnad’, ‘Al-Ahkom’ va ‘At-Tafsir’ kitoblarini yozgan“. Al-Hofiz az-Zahabiy uni shunday taʼriflagan: „Ulugʻ va noyob hofiz, hamda (rivoyatda) ishonchli zot“.
Ibn Abu Shaybah 76 yoshida (hijriy 235-yilda) vafot etgan.
Asarlar Quyida Bayrut (Livan) da nashr etilgan hamda Maktabah ash-Shomilahda mavjud boʻlgan Imom Ibn Abu Shaybaning asarlari boʻyicha muhokamaning qisqacha bayoni keltiriladi.
Ibn Abu Shaybaning Musannafi Ibn Abu Shaybaning Musnadi Ibn Abu Shaybaning „Adab“i
Manbalar
Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:770-yilda tugʻilganlar Turkum:849-yilda vafot etganlar Turkum:Hadis ulamolari