Fabio Aleshandre da Silva Koentrau (; 11-mart 1988, Vila-du-Kondi, Portugaliya) — portugaliyalik futbolchi, Portugaliya terma jamoasi va Real Madrid klubi himoyachisi va yarim himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati

"Rio Ave" 2004/05 mavsumda Koentaru oʻzining professional faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahridagi „Rio Ave“ jamoasida boshladi. 2005-yil 14-oktabrda 17 yosh vaqtida Portugaliya ligasida oʻz debyutini oʻtkazdi. Birinchi mavsumda jami 3 ta oʻyinda ishtirok etdi va mavsum soʻnggida Rio Ave jadvalda soʻnggi 16-nchi oʻrinni egallab ikkinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumdan boshlab Koentrau asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi va 25 ta oʻyinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2007-yilning fevralida Chelsi jamoasida bir haftalik malaka oshirishga bordi va natijada „Chelsi“ bosh murabbiyi Joze Mourinyo uning harakatlarini yuqori baholab, oʻyinchining keyingi faoliyatini alohida kuzatishini vaʼda berdi.

"Benfika" 2007-yilda mavsum oʻrtasida "Benfika" jamoasi bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Koentrau Chempionlar ligasining 3-nchi saralash bosqichida "Kopengagen" jamoasiga qarshi oʻyinda jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. U maydonga ikkinchi boʻlimda tushdi. Portugaliya chempionatida 2007-yildagi oʻyinlarida jami 3 t oʻyinda maydonga tushdi va 2008-yilning yanvar oyida oliy ligada toʻp suruvchi "Nasional" jamoasiga ijaraga berib yuborildi.

2008-yilning iyul oyida gollandiyaning "Feyenord" jamoasiga ijaraga berilganligi haqida xabar berildi. Taraflar oldindan kelishuvga erishishganiga qaramasdan bu ish amalga oshmay qoldi va Fabio ispaniyaning ikkinchi ligasida qatnashuvchi "Real Saragosa" jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Saragosada u bitta oʻyinda, "Deportivo Alaves" jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning 82-daqiqasida maydonga tushdi. Natijada 2009-yilning yanvar oyida Portugaliyaga qaytdi va ijara asosida yarim mavsum "Rio Ave" safida oʻyinlarda ishtirok etdi.

"Real Madrid" 2011-yilning 5-iyulida Real Madrid jamoasi 30 mln. yevro evaziga Fabioni safiga qoʻshdi. U jamoadagi debyut golini urishi uzoq choʻzildi. 2012-yil 17-dekabrda "Espanyol"ga qarshi kechgan uchrashuvda u oʻzining ilk golini kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu oʻyinda hisob 2:2 bilan yakunlandi.

Terma jamoadagi faoliyati 2007-yilning yozida 20 yoshgacha Portugaliya terma jamaosi safida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchta oʻyinda ishtirok etdi. Fabio "Benfika" safida oʻzini yaxshi oʻyinlari bilan koʻrsata boshlaganidan soʻng, uni asosiy Portugaliya terma jamoasi safiga chaqirishni boshlashdi. Terma jamoa bilan u 2010-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, toʻrtta oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Erishgan natijalari

Jamoaviy Ispaniya chempioni: 2011/12 Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012 Portugaliya chempioni: 2009/10 Portugaliya ligasi kubogi sohibi: 2009/10, 2010/11

Shaxsiy Ikkinchi Divizionning mavsum kashfiyoti: 2006–07 Portugaliya ligasining yil kashfiyoti: 2009–10 Benfika jamoasining yil kashfiyoti: 2009 Portugaliya ligasi oyning yosh o'yinchisi: Oktabr 2009, Mart 2010, Aprel 2010, Sentabr 2010 UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Real Zaragoza futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Rio Ave F.C. futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:C.D. Nacional futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari