Salon Seudun Sanomat — Finlandiyaning Salo shahrida nashr etiladigan ertalabki katta formatli gazeta.

Tarixi va tavsifi Gazeta 1919-yilda tashkil etilgan. Uning bosh ofisi Salo shahrida joylashgan. Gazetaning noshiri TS-Yhtymä guruhi boʻlib, u „Turun Sanomat“, „Aamuset“, „Auranmaan Viikkolehti“, „Kaarina-lehti“, „Laitilan Sanomat“, „Loimaan Lehti“, „Paikallislehti Somero“ va „Ykkössanomat“ gazetalarini ham nashr etadi.

2007-yilda „Salon Seudun Sanomat“ning adadi 22 216 nusxani tashkil etgan. 2013-yilda esa 19 692 nusxaga teng boʻlgan.

Manbalar

Havolalar Official site