Azaliya — Rododendronlar urugʻiga mansub gulli buta boʻlib, xususan, uning Tsutsusi (doimyashil) va Pentantera (barg toʻkuvchi) kenja turkumlariga kiradi. Azaliyalar bahorda — Shimoliy yarimsharning moʻtadil iqlimida aprel-may oylarida, Janubiy yarimsharda esa oktyabr-noyabr oylarida gullaydi va gullari koʻpincha bir necha hafta saqlanib turadi. Ular soyaga chidamli boʻlgani uchun daraxtlar yaqinida yoki ostida oʻsishni afzal koʻradi. Azaliyalar Ericaceae oilasiga mansub.
Oʻstirish Oʻsimlik ixlosmandlari yuzlab yillar davomida azaliyalarni saralab kelishgan. Ushbu seleksiya natijasida qalamchalardan koʻpaytiriladigan minglab turli navlar yaratilgan. Azaliya urugʻlarini yigʻib olib, undirish ham mumkin.
Azaliyalar odatda sekin oʻsadi va yaxshi quritilgan, nordon tuproqda (pH 4,5–6,0) yaxshi rivojlanadi. Oʻgʻitga ehtiyoji kam. Ayrim turlarini muntazam butab turish kerak.
Azaliyalar Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika kabi bir qancha qitʼalarda tabiiy holda oʻsadi. Ular AQSHning janubi-sharqida, Janubiy Osiyoda va janubi-gʻarbiy Yevropaning ayrim qismlarida manzarali oʻsimlik sifatida koʻp ekiladi. alt=‘George Taber’ navining guli|right|thumb|‘George Taber’ navi Azaliyalar tarixchisi Fred Gallening yozishicha, Qoʻshma Shtatlarda Azalea indica (bu oʻrinda „janubiy indika“ deb nomlanuvchi oʻsimliklar guruhi) ilk bor 1830-yillarda Janubiy Karolinaning Charleston shahridagi „Magnolia-on-the-Ashley“ sholi plantatsiyasida ochiq havoda oʻstirish uchun olib kelingan. Filadelfiyada faqat issiqxonalarda oʻstirilgan bu oʻsimliklarni „Magnoliya“ egasi John Grimke Drayton oʻzining bogʻi uchun import qilgan. Garvardning Arnold arboretumi xodimi Charles Sprague Sargentning tashabbusi bilan „Magnoliya plantatsiyasi va bogʻlari“ 1871-yili, AQSH fuqarolar urushidan soʻng, omma uchun ochilgan. „Magnoliya“ Amerikadagi eng qadimiy jamoat bogʻlaridan biridir. XIX asr oxiridan buyon har yili mart oxiri va aprel boshlarida minglab odamlar bu yerga azaliyalarning barq urib gullashini tomosha qilish uchun tashrif buyuradi.
Kasalliklar Azaliya barglarining ekzobazidiozi, ayniqsa, erta bahorda barglar uchun juda xavfli boʻlishi mumkin. Kasallangan barglarni qoʻlda terib olish eng tavsiya etilgan usuldir. Shuningdek, ular nam va issiq sharoitda fitoftora ildiz chirishiga ham chalinishi mumkin.
Azaliya iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan Phytophthora cinnamomi kasalligiga 3000 dan ortiq boshqa oʻsimlik turlari kabi moyil boʻladi.
Zararkunandalar Azaliya toʻr qandalasi (Stephanitis pyrioides) azaliyadan tashqari koʻplab boshqa erikadoshlar oilasiga mansub turlarda ham uchraydi. Shrewsbury va Raupp (2000) tadqiqotiga koʻra, azaliyalarni ushbu zararkunandadan himoya qilish uchun ularning ustiga soyabon hosil qiluvchi oʻsimliklar ekish mumkin.
Madaniy ahamiyati va ramziyligi thumb|Nyu-Jersi, AQShdagi azaliyalar Xitoy madaniyatida azaliya „vatanni qoʻmsash butasi“ (sixiang shu) nomi bilan mashhur boʻlib, Du Fu sheʼriyatida abadiylashtirilgan.
Azaliya, shuningdek, Braziliyaning San-Paulu shahri ramzlaridan biridirMunicipal law of the city of São Paulo nr. 14472 of 2007..
Bir paytlar azaliya va rododendronlar oʻzining zaharli ekani bilan shu qadar nom chiqargan ediki, ularning gullaridan qora guldonda guldasta olish oʻlim bilan ochiqdan-ochiq tahdid qilish hisoblangan.
Zaharliligi Azaliya oʻzining goʻzalligi bilan mashhur boʻlishidan tashqari, juda zaharli hamdir. Uning barglarida va nektarida, jumladan, nektaridan olingan asalda andromedotoksinlar mavjud. Turkiyaning ayrim hududlarida asalarilar „telba asal“ deb nomlanuvchi, aqlga taʼsir qiluvchi, shifobaxsh boʻlishi mumkin boʻlgan va baʼzan oʻlimga olib keladigan asal ishlab chiqarish uchun ataylab azaliya/rododendron nektari bilan oziqlantiriladi.
Azaliya uy hayvonlari uchun xavflidir, chunki uni isteʼmol qilish oʻsimlik toʻqimalaridagi toksinlar tufayli markaziy asab tizimi faoliyatining susayishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu esa, oʻz navbatida, koʻplab aʼzolar yetishmovchiligiga olib keladi. Kasallik belgilari orasida qusish, ich ketishi, tutqanoqlar, hiqildoq shishi va yurak urishi maromining buzilishi boʻlishi mumkin, bu esa yurakning butunlay toʻxtashiga va oqibatda oʻlimga sabab boʻladi.
Manbalar
Havolalar
American Rhododendron Society: What is an Azalea?
Turkum:Bonsai uchun ishlatiladigan o‘simliklar Turkum:Butalar