Al-Mashvar saroyi () yoki Zayyoniylar qirollik saroyi — Jazoirning Tilimsan shahridagi Zayyoniylar sulolasining sobiq rasmiy qarorgohidir. Saroy shahar markazida joylashgan boʻlib, avval katta Mashvar qalʼasining () bir qismi boʻlgan, undan hozirga qadar faqat tarixiy mudofaa devorlari saqlanib qolgan. Zayyoniylar davrida saroy bir nechta binolar va hovlili qarorgohlardan iborat edi. Shu hovlili tuzilmalardan biri 2010–2011-yillarda avvalgi xarobalari oʻrnida butunlay qayta qurilib, bugungi kunda tashrif buyurish mumkin boʻlgan holda qayta tiklangan. Saroy yaqinidagi Mashvar masjidi ham oʻzining asl koʻrinishida saqlanib qolinmagan, faqat uning minorasi saqlangan. 2011-yilda Tilimsan Islom madaniyati poytaxti sifatida tanlanganida, bu saroy asosiy diqqatga sazovor joylardan biri boʻlgan„قلعة المشور“ .. معلمٌ تاريخيٌّ يروي فصولا من حكم ملوك تلمسان . Al-Watan. Retrieved January 7, 2018.Capitals is Islamic Culture 2011. ISESCO. Retrieved January 7, 2018..
Etimologiyasi Saroy nomi „Mashvar“ — sulton Amir al-Muslimin tomonidan uning vazirlari va amaldorlari bilan maslahatlashuv asosida tanlangan. Mashvar soʻzi umumiy maʼnoda anʼanaviy tarzda Magʻrib mintaqasida tashkil etilgan (arabcha: mushavara) maslahatlashuv joyini, yaʼni sulton ishlarining boshqaruvi olib boriladigan hukumat majlisini anglatishi mumkin.
Tarixi
Mashvarning bunyod etilishi Zayyoniylar sulolasi asoschisi Yagʻmurasan ibn Zayyon tomonidan boshlab berilgan. Uni Tilimsanning Jome masjidi yaqinidagi eski saroyni tark etib, yangi saroy qurishga undagan sabablar aniq emas, biroq rivoyatlarga koʻra, u bu qarorga kelishiga ikki omil sabab boʻlgan boʻlishi mumkin: masjid uchun yonma-yon qurdirgan minorasi saroy ichki qismini yuqoridan koʻrib turishi bois haramiga begona nigohlar tushishidan qoʻrqqani, yoki oʻz qirollik shaʼnini yaqqol ifoda etadigan, shaxsiy qarorgohga ehtiyoj sezgani. Mashvar joylashgan hudud avvalroq oʻsha paytda Tagrart (hozirgi Tilimsanning bir qismi) deb atalgan yerda Murobitlar yetakchisi Yusuf ibn Tashfin tomonidan barpo etilgan qasaba boʻlib, keyinchalik u yer Muvahhidlar tomonidan ham foydalanilgan.
Saroy majmuasi bir necha qarorgohlar, pavilyonlar va bogʻlarni, shuningdek, masjid va hammom (suvxona) kabi boshqa inshootlarni oʻz ichiga olgan. Asosiy qarorgohlar markazida favvora yoki hovuzi boʻlgan hovlili binolar shaklida qurilgan. Zayyoniylar davrida toʻrtta asosiy saroy mavjud edi: Dor al-malik (), Dor Abu Fahr (), Dor as-Surur () va Dor ar-Roha (). Bu saroylarning uchtasi Abu Tashfin I (1318–1337-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan qurilgan. Baʼzi saroylar turli fasllarga moslashtirilgan edi. Yozgi qarorgoh haroratni salqin ushlab turuvchi xom gʻishtdan qurilgan, qishki qarorgoh esa sovuq oylarida issiqlikni saqlab turuvchi toshdan barpo etilgan. Yozgi qarorgoh ichida hukmdor jamoat koʻzidan pinhon holda namoz vaqtida masjid va saroy oʻrtasida harakatlanishi uchun yonidagi masjidga eltuvchi maxfiy yoʻlak boʻlgan. Ushbu yoʻlakdan otlar ham oʻta olgan. Saroy devorlari bezakli boʻlib, ularda zellij (keramik mozaika) va oʻyma shtukko kabi bezaklar ishlatilgan. Bezash uslublari orasida islomiy xattotlik naʼmunalari ham boʻlib, devorlarga takroran yozilgan „Alloh izni bilan aziz boʻlgan… Alloh qoyim qilgan podshoh“ („العزُّ القائم بالله.. الملك القائم بالله“) jumlasi ham uchraydi. Zamonaviy arxeologlar oʻrgangan saroylardan birida katta qabulxona orqa qismida markaziy taxmon joylashgan boʻlib, bu unsur avvalgi Ziriylar va Fotimiylar saroylarida ham uchragan, ammo u boshqa mintaqalardagi oʻsha davr saroy meʼmorchiligidan ajralib turgan.
Keyinchalik Usmonlilar hukmronligi davrida Tilimsanda Usmonlilar hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilgan. Shu qoʻzgʻolon paytida Usmonli Jazoirining beylari tomonidan Mashvar saroyining bir qancha xonalar vayron qilingan. 1836-yilda Marshal Clausel boshchiligidagi fransuzlar Mashvarda joylashgan, Mustafo bin Ismoil boshchiligidagi Kuloʻgʻli garnizoniga yordamga kelgan. Fransuzlar garnizonni shahardan evakuatsiya qilib olib chiqib ketgan. 1843-yildan keyin fransuz bosqinchi kuchlari saroyni zoʻrlik bilan egallab, bu jarayon davomida uning qolgan baʼzi qismlarini ham vayron qilganمحمد بن عمروالطمار الروابط الثقافية بين الجزائر والخارج، الشركة الوطنية للنشر والتوزيع الجزائر 1983، ص. p.243.. Jazoir diniy va harbiy yetakchisi Amir Abdulqodir Tafna shartnomasi boʻyicha fransuzlar bilan olib borgan muzokaralar davrida toʻrt yil toʻliq saroyda yashagan, ammo shartnoma fransuz qoʻshinlari tomonidan buzilgach, u bu yerni tark etgan. Fransuz istilosi davrida qalʼa harbiy kazarmaga, saroy esa harbiy gospitalga aylantirilgan boʻlib, bu jarayonda uning tarixiy merosining bir qismi vayron etilgan.
Fransuzlar tomonidan kazarma sifatida ishlatilgan saroy xarobalaridan biri 2008-yilda qazib oʻrganilgan. Keyin u 2010–2011-yillarda qolgan poydevorlar ustida deyarli toʻliq qayta qurildi. Bu ishlar ayrim olimlar va madaniy merosni saqlovchi shaxslar tomonidan tanqid qilindi . Rekonstruksiyadan oldingi qazishmalar davomida asl saroy rejasining bir qismi va uning baʼzi saqlanib qolgan zellij bezaklari hujjatlashtirilgan. Hozirgi bino qay darajada asl saroy loyihasini aks ettirishi aniq emas.
Galereya
Yana qarang Mashvar
Manbalar
Havolalar
Bourouiba, R., Apports de l’Algérie à l’architecture arabo-islamique, Algiers, 1986. Marçais, G., Tlemcen, 'Les villes d’art célèbres' (collection), Paris, 1950; Blida, 2004.
Turkum:Zayyoniylar sulolasi Turkum:Zayyoniylar meʼmorchiligi Turkum:Jazoirdagi saroylar