Philippe Coutinho Correia (1992-yil 12-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Hozirda Braziliya A Seriyasining „Vasco da Gama“ klubidagi faoliyatidan soʻng erkin agent hisoblanadi. U oʻzining maydonni koʻra bilishi, toʻp uzatishlari, driblingi va uzoq masofadan aylanma zarbalar yoʻllay olish qobiliyati bilan tanilgan.

Coutinho yoshligidanoq ajoyib isteʼdodini namoyon etgan va „Vasco da Gama“ yoshlar jamoasida ajralib turgan. 2008-yilda u Italiya A Seriyasining „Inter Milan“ klubi bilan 4 million yevro evaziga shartnoma imzolagan va shundan soʻng yana „Vasco“ jamoasiga ijaraga berilgan va u yerda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. U „Inter Milan“ safida 2010-yilda debyut qilgan, keyinroq esa 2012-yilda La Liganing „Espanyol“ klubiga ijaraga berilgan. 2013-yil yanvar oyida Coutinho Angliya Premyer-ligasining „Liverpool“ klubi safiga qoʻshilgan. U „Liverpool“ klubi tarkibida eng yaxshi davrlarini o'tkazdi: 2015-yilda PFA talqiniga koʻra „Yil jamoasi“ tarkibiga kiritilgan hamda 2015 va 2016-yillarda „Liverpool“ muxlislari va futbolchilari tomonidan „Yil oʻyinchisi“ deb topilgan. 2016-yilda Futbol Muxlislari Federatsiyasi (FSF) uni „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrini bilan taqdirlagan.

2018-yilning yanvarida Coutinho „Barcelona“ bilan shartnoma imzolagan va klub bilan ikkita La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. U 2019–20-yilgi mavsum uchun Germaniyaning „Bayern“ klubiga ijaraga berilgan. Oʻsha mavsumda Coutinho UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida „Bayern“ning „BarCelona“ ustidan 8:2 hisobida gʻalaba qozongan tarixiy oʻyinida ishtirok etgan va oʻz klubiga qarshi ikkita gol urgan. Oxir-oqibat, „Bayern“ mavsumni trebl bilan yakunlagan va Coutinho oʻzining birinchi Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. U 2022-yilning yanvarida „Aston Villa“ jamoasiga ijaraga oʻtdi va yozda ular bilan doimiy shartnoma imzolagan.

Coutinho 2010-yilda Braziliya terma jamoasi safida debyut qilgan. U 2015-yilgi Amerika kubogi va 2016-yilda Amerika kubogi Centenario musobaqalarida jamoaning bir qismi boʻlgan va 2018-yilgi jahon chempionatida FIFA Jahon chempionatida debyut qilgan, u yerda ikkita gol urgan va keyinchalik Jahon chempionatining yulduzlar jamoasiga kiritilgan. U, shuningdek, oʻz maydonida 2019-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqqan Braziliya terma jamoasi aʼzosi edi.

Manbalar

Havolalar

Philippe Coutinho Liverpool F. C. saytida Philippe Coutinho FC Barcelona saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:CR Vasco da Gama futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:RCD Espanyol futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Al-Duhail SC futbolchilari Turkum:Serie B (Braziliya) futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Braziliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya 20 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik xristianlar