K2 ligasi () — Janubiy Koreya futbol ligalari tizimidagi erkaklar jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladigan ikkinchi eng yuqori divizion. 2013-yilda K Liga Chellenj (K League Challenge) nomi bilan tashkil etilgan ushbu musobaqada 17 ta professional klub kurash olib boradi.

Tarix

2011-yilda asl K liga oʻzi va tashkil etilishi rejalashtirilgan ikkinchi divizion oʻrtasida yuqori ligaga koʻtarilish va quyi ligaga tushib ketish tizimini joriy etish rejasini eʼlon qildi. Shundan soʻng, K-liga yangi ikkinchi divizionni yaratish choralarini koʻra boshladi. Xususan, 2012-yilgi K liga mavsumida „split-tizim“ joriy etildi: bu tizimga koʻra, quyi oʻrinlardagi klublar ligada qolish uchun kurash olib bordi va soʻnggi oʻrinni egallagan jamoa yangi ikkinchi divizionga tushirildi (dastlab ikkita klub tushirilishi kerak edi, ammo „Sangju Sangmu“ jamoasining musobaqani tark etishi faqat bitta klubning quyi ligaga tushishini anglatardi).

Manbalar

Havolalar K ligasi rasmiy veb-sayti

Turkum:Janubiy Koreyadagi futbol klublari musobaqalari