Mamlakat Saidahmadovna Yusupova (turmushga chiqishdan oldin Orifboyev; 1948-yil 31-oktyabrda Andijonda tugʻilgan) — oʻzbek oʻqituvchisi. Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (2009), Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi xodimi (2006), Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi (2009), „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ ordeni sohibi. Andijon shahridagi 9-sonli bolalar bogʻchasi mudirasi (1990—2017).

Biografiya Mamlakat Orifboyeva 1948-yil 31-oktyabrda Andijonda tugʻilgan. Opera xonandasi Saodat Qobulovaning jiyani.

1973-yilda maktabni tugatgandan soʻng, Andijon davlat universitetiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan.

1977-yilda u Andijon shahridagi 42-maktabda oʻzbek va rus tillari oʻqituvchisi sifatida ish boshladi. Uch yildan soʻng, 1980-yilda u Andijon shahridagi 25-sonli bolalar bogʻchasida ish boshladi. U yerda 10 yil ishlagandan soʻng, u 9-sonli bolalar bogʻchasi mudiri etib tayinlandi. U yerda 1990-yildan 2017-yilgacha ishladi va uzoq yillik xizmati uchun mukofotlarga sazovor boʻldi.

Turmush oʻrtogʻi Ulugʻbek Yusupov (1996-yilda vafot etgan), uch farzandi bor.

Mukofotlar va unvonlari Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (2009) Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi (2009)

Manbalar

Havolalar Malamlat Yusupova Malamlat Yusupova

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston oʻqituvchilari