Mingechaur FK () — Ozarbayjon Respublikasining Mingechaur shahrini ifodalovchi, Ozarbayjon Birinchi Ligasida ishtirok etuvchi professional futbol klubidir. Klub oʻz uy uchrashuvlarini Yaşar Məmmədzadə nomidagi stadionda oʻtkazadi.

Tarixi Klubning asos solinishi 1966-yilga borib taqaladi. Faoliyati davomida jamoa turli davrlarda „Toʻquvchi“, „Avtomobilchi“, „Kur“, „Kurnur“ va „Energetik“ kabi nomlar ostida maydonga tushgan.

Klub tarixidagi eng katta yutuqlardan biri 1992-yilda, mustaqil Ozarbayjon tarixida oʻtkazilgan ilk Ozarbayjon Kubogi musobaqasida qayd etilgan. Oʻsha yili „Kur“ nomi bilan ishtirok etgan jamoa musobaqa finaligacha yetib borgan va finalda Bokuning „Inshaatchi“ klubiga qarshi maydonga tushib, qoʻshimcha vaqtlarda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Shundan soʻng, jamoa Ozarbayjon Oliy Ligasida hamda Birinchi Ligasida maʼlum muddat ishtirok etdi. Biroq moliya va infratuzilma bilan bogʻliq muammolar tufayli klub uzoq yillar davomida professional futbol musobaqalaridan chetda qoldi. Jamoa asosan havaskorlar darajasida harakat qildi.

2022-yilda Mingechaur shahrida futbol anʼanalarini qayta tiklash maqsadida klub „Mingechaur FK“ nomi ostida davlat va xususiy homiylar koʻmagida qayta tashkil etildi hamda Ozarbayjon Birinchi Ligasida (Birinci Divizion) ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Mavsumlar statistikasi

+SSSR (1966–1991)Toʻquvchi FK (1966–1970)MavsumLigaOʻrinOʻGʻDMT/NOKubok1966Zona 3 / Guruh B1734961924/43241967Zona 3 / Guruh B538163935/2945Respublika Kubogi430120/211968Zona 3 / Guruh B34015121332/41421969Guruh B — Zaqafqaziya63816101253/48421970Guruh B / Zona 2 / Quyi guruh 21534891729/6625Avtomobilchi FK (1980–1987)19802-liga / 9-zona8301261239/373019812-liga / 9-zona1630452129/6313Mintaqa 6 / 9–16-oʻrinlar ligasi1644962944/852419822-liga / 9-zona11321451332/403319832-liga / 9-zona1532761937/662019842-liga / 9-zona14321051745/632519852-liga / 9-zona12301241441/442819862-liga / 9-zona8301431358/413119872-liga / 9-zona1630851737/5621Kur FK (1990–2005)19902-liga / 3-zona / Guruh A622103925/25233-zona / 1–12-oʻrinlar ligasi10341361541/423219912-liga / 3-zona5381811967/3347Ozarbayjon (1992 — h.v.)1992Oliy Liga7361931450/39412-oʻrin1993Oliy Liga61866621/25181/81993/1994Birinchi Liga5301371045/33231/81994/1995Birinchi Liga424142841/23302-oʻrin1995/1996Birinchi Liga62074935/41251/81996/1997Oliy Liga1330741930/59251/81997/1998Oliy Liga1126831526/36271/2Energetik FK (2003–2022)2003/2004Birinchi Liga41491426/9'281/82004/2005Birinchi Liga214101334/13311/162005/2006Birinchi Liga10301051541/52351/162006/2007Birinchi Liga / Guruh B72074928/37251/162007/2008Birinchi Liga / Guruh B61644819/25161/162008/2009Birinchi Liga428148651/2950Ishtirok etmadi2009/2010Birinchi Liga1322361324/5115Ishtirok etmadi2010/2011Birinchi Liga1126551617/5020Ishtirok etmadi2011/2012Birinchi Liga1226671321/4525Ishtirok etmadi2012/2013Birinchi Liga1024541526/5219Ishtirok etmadi2013/2014Birinchi Liga1630252311/9211Ishtirok etmadi2014/2015Birinchi Liga1430532224/8218Ishtirok etmadi2015/2016Birinchi Liga1336431914/10015Ishtirok etmadi2016/2017Birinchi Liga1126551625/8620Ishtirok etmadi2022/2023Birinchi Liga14265518201/8

Ichki rekordlar

Klub tarixidagi toʻpurarlar roʻyxati T/r Mavsum Futbolchi ismi Pozitsiyasi Oʻyinlar soni Gollar soni 1 1992 — Ramiz Mammadov YH 126 40 2 1992 Mehman Baxishov HJ 31 10 3 1992 Baxtiyor Sadiqov HJ 32 7

Stadioni Jamoa oʻz uy uchrashuvlarini 5 ming tomoshabinga moʻljallangan Yashar Mammadzade nomidagi shahar stadionida oʻtkazadi. 2020-yillarning boshida stadionda kapital taʼmirlash va maysani yangilash ishlari olib borildi. Shuningdek, stadion soʻnggi bor 2025-yilning mart oyida qayta taʼmirlash uchun yopilgan.

Tarkibi Jamoaning joriy tarkibi

Jamoa ranglari Klubning anʼanaviy ranglari — koʻk va oq. Bu ranglar shaharning yonidan oqib oʻtuvchi Kura daryosi va energiya-nur ramzi boʻlgan oq rangni ifodalaydi.

Manbalar

Havolalar Mingechaur Ozarbayjon Birinchi Ligasi Ozarbayjon Kubogi Yaşar Məmmədzadə nomidagi stadion

Turkum:Ozarbayjon futbol klublari Turkum:Mingechaur Turkum:1966-yilda tashkil topgan futbol klublari