Jamoat transporti (shuningdek, ommaviy transport, jamoat tranziti, ommaviy tranzit yoki qisqacha qilib olganda tranzit deb ham ataladi) — keng jamoatchilik foydalanishi uchun moʻljallangan transport turlari majmuasi. Jamoat transporti tizimlari, odatda, belgilangan yoʻnalishlar va qatnov jadvallari asosida ishlaydi hamda ekspluatatsiya xarajatlarini qoplashga moʻljallangan standardlashtirilgan tarif asosida haq undiriladi. Zarur hollarda ushbu xarajatlarning bir qismi davlat mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Jamoat transportiga qaysi transport turlari kirishi boʻyicha umumeʼtirof etilgan yagona taʼrif mavjud emas. Avtobus va temir yoʻl transporti odatda jamoat transportining asosiy turlari sifatida koʻrsatiladi, biroq havo transporti bozor tamoyillari asosida faoliyat yuritishi va raqobatbardosh tariflarga ega boʻlganligi tufayli jamoat transporti haqidagi umumiy tasniflarda koʻpincha holatda chiqarib tashlanadi

Jamoat transportining keng tarqalgan turlariga shahar avtobuslari, trolleybuslar, tramvaylar (yoki yengil relsli transport), metro va boshqa tezkor tranzit tizimlari, yoʻlovchi poyezdlari hamda paromlar kiradi. Shaharlararo jamoat transporti asosan aviakompaniyalar, avtobuslar va temiryoʻl transporti orqali taʼminlanadi. Bir qator mintaqalarda esa yuqori tezlikdagi temiryoʻl tarmoqlari barpo etilmoqda.

Manbalar

Adabiyotlar Bloom, Nicholas Dagen, The Great American Transit Disaster: A Century of Austerity, Auto-centric Planning, and White Flight, University of Chicago Press, 2023 Hess, D. 2007. "What is a clean bus? Object conflicts in the greening of urban transit." Sustainability: Science, Practice, & Policy 3(1):45–58.

Havolalar

International Association of Public Transport US High-Speed Rail Association

Turkum:Barqaror transport