Amadou Doumbouya (2002-yil 12-oktyabrda tugʻilgan) — gvineyalik professional futbolchi, Samarqandning „Dinamo“ klubida yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.
Futbolchilil faoliyati Doumbouya 2022-yilning mart oyida Djurgården jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U Allsvenskan ligasidagi debyutini Djurgården klubi safida Varbergs BoIS klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
Doumbouya 2022–2023-yilgi UEFA Yevropa Konferensiyalar ligasida oʻynagan. U 2022-yil 11-avgust kuni Ruminiyaning „Sepsi OSK Sfântu Gheorghe“ jamoasiga qarshi ikkinchi oʻyinda Haris Radetinac oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 15-sentyabr kuni esa Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida „Molde“ga qarshi oʻyinda gol urib, hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirgan.
2022-yil noyabr oyida Dumbuya oz miqdordagi giyohvand moddalarni saqlagani uchun sudlandi. Biroq oʻsha yilning oktyabr oyida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan unga qoʻyilgan zoʻrlash hamda shaxsiy daxlsizlikni buzuvchi fotosuratlar olish ayblovlari boʻyicha oqlangan. 2023-yil yanvarida Dumbuyaning „Djurgården“ klubi bilan shartnomasi bekor qilingan.
Doumbouya Shvetsiyadagi faoliyati kutilmaganda yakunlangach, Bolgariya Birinchi ligasiga oʻtgan va u yerda Bolgariyaning „Botev Plovdiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yilning 26-fevralida Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubi „Botev Plovdiv“ jamoasidan Dumbuyani transfer qilganini eʼlon qilgan. 2026-yilning 29-yanvarida „Aktobe“ oʻzaro kelishuvga koʻra Dumbuya bilan shartnoma bekor qilinganini maʼlum qilgan.
Yutuqlar Aktobe
Qozogʻiston kubogi gʻolibi: 2024
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gvineyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Djurgårdens IF Fotboll futbolchilari Turkum:Botev Plovdiv futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Allsvenskan futbolchilari Turkum:Bolgariya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Gvineyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shvetsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar